Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
III- guruh nogironi pensiyasining tayanch miqdorini toping?
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.Ishlayotgan pensionerlarga nogironlik pensiyalarini to‘lash qancha miqdorda amalga oshiriladi A)
7.III- guruh nogironi pensiyasining tayanch miqdorini toping?
A)* o‘rtacha oylik ish haqisining 30 foizi; B)eng kam oylik ish haqining 30 foizi; S)eng kam pensiya miqdorining 30 foizi; D)Eng kam oylik ish xaqining 50 foizi 8. II guruh nogironi eng kam pensiyasining miqdori: A) * eng kam oylik ish haqi miqdorida B)50000 so‘m miqdorida; S)eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida; D)18600 so‘m miqdorida 9.Ishlayotgan pensionerlarga nogironlik pensiyalarini to‘lash qancha miqdorda amalga oshiriladi? A) *100 foiz; B)50 foiz; S)75 foiz D)30 foiz 205 8- mavzu. Xayr-exson va muruvvat yordami ijtimoiy ta`minotni amalga oshirish manbai. Reja: 1. Aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam tushunchasi, zarurligi va ularning tasnifi 2. Yolg‘iz qariyalar, yolg‘iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat ta’minotiga olinishining mohiyati. 3. Pensioner va nogironlarni sanatoriy va kurortlarda davolash. 4. Nogironlarga protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari berish. 5. Fuqarolarning ayrim toifalariga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar 1. Aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam tushunchasi, zarurligi va ularning tasnifi Aholiga beriladigan ijtimoiy yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridan biri - ularga natural shakllardahamda turli ijtimoiy imtiyoz va engillilar tarzida yordamlar ko‘rsatilishidan iborat. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shallari hilma-hil ko‘rinishlarda bo‘lib, mohiyat jihatdan davlatimiz tomonidan amalga oshirib kelinayotgan manzilli, ehtiyojmandlarga ko‘rsatiladigan aniq ijtimoiy himoyani amalda ro‘yobga chiqarilishini anglatadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi paytda aholining muhtoj qatlamlari o‘nlab turdagi ijtimoiy yordamlardan foydalanmoqdalar, ularga turli ijtimoiy imtiyoz va engilliklar berilmoqda, ularning barchasi ijtimoiy himoga muxtoj shaxslar va oilalarni moddiy-turmush sharoitni yuksaltirish, ta’minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgandir.Bunday yordamdan foydalanuvchi fuqarolar orasida qariyalar, yosh bolalar, bolali oilalar, nogironlar yetakchi o‘rinni tutmoqda. Aholining muhtoj tabaqalariga ko‘rsatiladigan yordamlarni aniq tavsiflash va to‘g‘ri tasniflash, har bir ijtimoiy yordam ko‘rsatish shaklini, mazmun-mohiyatini, maqsad-vazifasini, roli-o‘rnini aniq tasavvur etish bunday yordamni ko‘rsatish bilan bevosita shug‘ullanayotgan shaxslar uchun, bu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassis-kadrlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunday yordamlarning siyosiy mohiyati va huquqiy asoslaridan yaxshi xabardor bo‘lish hamda ularni to‘g‘ri tushunib etish uni o‘z vaqtida, to‘la hajmda tegishli shaxslarga yetkazilishini 206 ta’minlaydi, ijtimoiy adolat va qonunchilik tamoyillarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy yordamdan foydalanishga haqli bo‘lgan shaxslar toifalari xilma-xil, doirasi juda keng bo‘lib, ular qatoriga qariyalar, nogironlar, boquvchisiz qolgan fuqarolardan tashqari, yolg‘iz keksa va yolg‘iz nogironlar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar, maktab o‘quvchilari, urush qatnashchilari va boshqa shaxslar kiradilar.Ijtimoiy himoyaning muayyan shakli va uni ko‘rsatishga taalluqli maxsus normativ huquqiy hujjatning bevosita o‘zida bunday yordam olishga haqli shaxslar doirasi, yordam ko‘rsatishni amalga oshiruvchi davlat organi yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, yordam ko‘rsatish shartlari hamda tartiblari belgilab qo‘yiladi. Aholining ehtiyojmand qatlamlariga beriladigan ijtimoiy yordam shakllari ham rang-barang ko‘rinishlarga ega va ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) qariyalar, nogironlar va bolalarni to‘liq davlat ta’minotiga olish; ularni maxsus tashkil etilgan mehribonlik, muruvvat va sahovat uylarida yashashlarini ta’minlash; 2) qarovsiz qolgan yolg‘iz qariyalar hamda nogironlarga oziq ovqat maxsulotlari bilan natural moddiy yordam ko‘rsatish, maishiy va boshqa natural xizmatlarni bepul amalga oshirish; 3) qariyalar, nogironlar va muayyan kasalga chalingan shaxslarga reabiltatsiya maqsadlarida sanatoriy-kurort xizmatlarini ko‘rsatish; 4) nogiron fuqarolarga protez-ortopediya, harakatlanish vositalari berish va ubilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish; 5) maktab yoshidagi bolali oilalarga moddiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish; 6) fuqarolarning muayyan toifalariga turar joy-maishiy, transport-aloqa, soliq, tibbiy-farmatsevtika va boshqa sohalarda imtiyozlar berish; 7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling