Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Oraliq nazoratni baholash mezonlari
Download 0.93 Mb.
|
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)
Oraliq nazoratni baholash mezonlari:
1) 26-30 ball uchun uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: o‘zbek tilshunosligi tarixi masalalari bo‘yicha berilgan test va yozma savollarga to‘liq va aniq javob berish; o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti bosqichlari, davrga xos xususiyatlar,tadqiqot natijalari, tilshunoslik sohalarining taniqli vakillarining ilmiy merosi haqida mustaqil fikr yuritish; taniqli o‘zbek tilshunoslari, til bo‘limlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar yuzasidan berilgan yozma javoblarda imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; “O‘zbek tilshunosligi tarixi” fanidan o‘tilgan mavzular bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish; tilshunoslikka oid ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan atroflicha xabardor bo‘lish. 2) 22-25 ball uchun uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: - o‘zbek tilshunosligi tarixi masalalari bo‘yicha berilgan test va yozma savollarga to‘liq va aniq javob berish; - tilshunoslik manbalariga asoslanib fikrni izchil va mantiqiy asoslash, mustaqil mushohada yuritish; -o‘zbek tilshunoslari, til bo‘limlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar yuzasidan berilgan yozma javoblarda ba’zi imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yish; - o‘zbek tilshunosligiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan xabardor bo‘lish. 3) 17-21 ball uchun uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: - o‘zbek tilshunosligi tarixi haqida yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish; o‘zbek tilshunoslari, til bo‘limlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar haqida mustaqil fikr yuritish; - o‘zbek tilshunoslari, til bo‘limlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar yuzasidan berilgan yozma javoblarda qator imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yish; tilshunoslik tarixi bo‘yicha o‘tilgan mavzular haqida qisman tasavvur hosil qilish; o‘zbek tilshunosligiga oid ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan ma’lum darajada xabardor bo‘lish. 4) 0-16 ballga uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: - talaba “O‘zbek tilshunoslik tarixi” fani mavzulari bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lsa; - mavzu doirasida aniq tasavvurga ega bo‘lmasa, berilgan savollarga noto‘g‘ri va noniq javob bersa. - imlo va uslubiy xatolari 8-10tadan oshsa, matn husnixat talablariga javob bermasa. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling