Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Yakuniy nazoratni baholash mezonlari


Download 0.93 Mb.
bet20/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

Yakuniy nazoratni baholash mezonlari:
1)26-30-ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
“O‘zbek tilshunosligi tarixi” fanida o‘rganiladigan masalalar mohiyatini atroflicha bilsa, savollarga aniq va to‘liq javob bersa;
- “O‘zbek tilshunosligi tarixi”fani mazmuniga oid savollarga mustaqil javob bersa, mavzuga ijodiy yondashsa, savollar mohiyatini tushunib, o‘z fikrini misollar yordamida asoslay olsa.
-o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti bosqichlari, davrga xos xususiyatlar,tadqiqot natijalari, tilshunoslik sohalarining taniqli vakillarining ilmiy merosini to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;
- nazarat ishida imlo va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilmasa, javoblarda tahliliy yondashuv sezilsa, to‘g‘ri xulosalar chiqarilgan bo‘lsa.
22-25 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
-talaba tilshunoslikning terminlarini, fanning asosiy masalalarini bilsa, biroq mustaqil fikr bildira olmasa;
-tilshunoslik masalalari to‘g‘risidagi fikrini izchil, maqsadga muvofiq bayon qila olmasa;
-imloviy, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, xulosalarda noaniqlik sezilsa.
17-21 ball uchun talabaning talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- talaba savollarga javob berishga harakat qilgan bo‘lsa, til sathlari, tilning shakllanishi va rivojlanishi, til va nutq, til va jamiyat, til va tafakkur masalalari, tilshunoslik maktablari, nazariy tilshunoslik tarixi, umumiy tilshunoslikning taraqqiyot bosqichlari borasida qisman tasavvurga ega bo‘lsa;
-“O‘zbek tilshunoslik tarixi” fani masalalariga doir mulohazalarini qisman aks ettirsa, berilgan savollarga to‘liq va aniq javob bermagan bo‘lsa;
-imlo xatolari va uslubiy nuqsonlar 8-10tadan oshmasa.


0-16 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- “O‘zbek tilshunoslik tarixi” fani mavzulari bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lsa;
- mavzu doirasida aniq tasavvurga ega bo‘lmasa, berilgan savollarga noto‘g‘ri va noniq javob bersa.
- nazorat ishida imlo va uslubiy xatolari 8-10tadan oshsa, matn husnixat talablariga javob bermasa.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling