Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 0.93 Mb.
|
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)
YOQUT HAMAVIY
Yoqut Rumiy - Hamaviy - geograf, adib, sayyoh kalligraf, lug’atshunos, tilshunos, adabiyotshunos, islom qonunshunosi sifatida ma`rifatimiz va ma`naviyatimiz tarixida munosib iz qoldirgan shaxsdir. U aslida kichik osiyolik bo’lib, bolalik chog’idayoq asir olingan. Uni bag’dodlik savdogar Askar ibn Nasr Abu al-Hamaviy sotib olib o’qitgan. Shuning uchun "Hamaviy" nisbasini olgan, U 1213 yildan boshlab 16 yil sayoxat qilgan. Yoqut Hamaviyning filologiya, tarix,geografiya va etnografiyaga oid 10 jildli “Mu`jam ul - buldon" ("Mamlakatlar lug’ati” va musulmon dunyosining mashxur adiblari to’g’risidagi 7 jildli "Mu`jam ul-udabo”("Adiblar lug’ati") asarlari bizgacha yetib kelgan. U Marvaziyning 20 jildlik "Marv tarixi" asari muxokamasida qatnashadi. Unda xadislarda uchrovchi "Xubosha" joy nomi haqida so’z boradi. Yoqut bu so’zning etimologik ma`nosiga asoslanib, xuddi shunday talaffuz etilishini isbotlaydi,lekin u yerdagilardan biri qaysarlik qilib”Xabasha”deb talaffuz qilinishi kerak deb turib oladi. Shundan keyin u nomlarning sharxinigina berib qolmay, balki ularning aniq talaffuzini ham ko’rsatadigan lug’at tuzishga axd qiladi. Yoqut Hamaviyning "Mu`jam ul-buldon" asari muqaddima, kirish va besh bobdaniborat. Muqaddimada joylar, daryolar,tog’lar,quduqlar va shu kabilar rominito’g’ri talaffuz qilishni bilish kishilar oldida adashmasliklari, kulgi bo’lmasliklari uchun kerakligi ta`kidlanadi. Bundan tashqari, joy nomlari haqida tegishli ma`lumot bergan kishilar to’g’risida fikr bayon etiladi. Yoqut Hamaviy Markaziy Osiyodagi shaharlar va yurtlardanMovarounnaxr, Buxoro, Boykant, Samarqand, Shozavon, Kuxak, Hartang, Harqon, Ishtixon, Zomin, Naxshab, Fargona, O’zkand, Axsikat, Xo’qand, Xo’jand, O’sh, Bo’ttam, Sug’d, Dabusiya, Shosh, Binkat, Iyloq, Tunkat, Borjoq, Asbara, Forob, Ushrusana, Termiz, Kabodiyon, Asfijob kabilar haqida qiziq.arli etimologik va orfoepik ma`lumotlar beradi. "Mu`jam ul-udabo" asari orqali Yoqut Hamaviy yirik adabiyotshunos sifatida ko’zga tashlanadi. Bu lug’at alifbo tartibida tuzilgan bo’lib, unda tarjimai holi berilayotgan har bir adibning qayerlik, qachon yashagan va qanday adabiy asarlar yozganligi haqida ilmiy shuhratidan qat`iy nazar, ismidagi bosh harfning alifboda tutgan o’rniga qarab bayon qilingan. Adiblar lug’atini yozishdan maqsadi obru qozonish, pul topish, nom chiqarish bo’lmay, faqat ilm ahllariga nisbatan muhabbatining zo’r bo’lganidan ularning xizmatlarini boshqa kishilarga uqtirish, nomlarini tanishtirish uchun yozgan. Asarda o’rta osiyolik 25 ta adib va olimlar tarjimai holini keltiradi. Xullas, Yoqut Hamaviyning qilgan ishlari filologiyamiz tarixiga, qolaversa fan tarixiga katta hissa hisoblanadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling