Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


O’ZBYeK ILMIY TILSHUNOSLIGINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI


Download 0.93 Mb.
bet34/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

O’ZBYeK ILMIY TILSHUNOSLIGINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
RYeJA:

  1. XX asrning 20 – 40 – yillarida til falsafasi.

  2. O’zbek tili fonetikasi va fonologiyasining shakllanishi.

  3. O’zbek tili tarixining shakllanishi va rivojlanishi.

  4. O’zbek tili grammatikasining shakllanishi va rivojlanishi.

  5. O’zbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasining shakllanishi.

  6. O’zbek tili dialektologiyasining shakllanishi.

  7. O’zbek tili atamashunosligining shakllanishi.

  8. O’zbek tili uslubiyati va nutq madaniyatining shakllanishi.

  9. Mustaqillik davrida o’zbek tilshunosligining taraqqiyoti.

Tayanch tushunchalar: Ye. D. Polivanov va N. Ya. Marr konsepsiyasi; fonetika va fonologiya ; o’zbek tili tarixi ; o’zbek tili grammatikasi (morfologiya va sintaksisi) ; leksika va leksikografiya ; dialektologiya , atamashunoslik ; uslubiyat va nutq madaniyati haqidagi tadqiqotlar; o’zbek nazariy tilshunosligining shakllanishi.
O’zbek tilining fonetikasi sohasida sezilarli ishlar qilindi. Bu sohada V. V. Reshetov, A. Klimenko, A. Mahmudov, S. Otamirzayeva, V. M. Popovlarning ishlari diqqatga sazovordir. Fonetika masalalari A. Mahmudov ishlarida monografik planda o’rganilgan bo’lsa, qolgan avtorlarning ishlarida tasviriy planda o’rganilgandir.
O’zbek tili fonetikasini o’rganishda A.Fitrat, G’. O. Yunusov, U.Tursunov, X. .Doniyorov kabi tilshunoslarning o’rni katta. Ular unli tovushlar, s, j, p, f undoshlarining qo’llanishini va farkli tomonlari haqida qimmatli fikrlar bildirgan. U. Tursunov va X. Doniyorovning "O’zbek tilidagi singarmonizm haqida" (1959), mualliflar jamoasining "Hozirgi o’zbek adabiy tili" (1980) kabi ishlar fikrimizning dalilidir. Ularda fonetika, grafika, orfografiya, orfoepiya, singarmonizm muammolari o’z ifodasini topgan
O’zbek tili leksikasi bo’iyicha hozirgicha ancha ishlar qilingan. "Hozirgi zamon o’zbek tili" (1957), "Hozirgi o’zbek adabiy tili" (1966), "O’zbek leksikologayasi" (1981) kitoblarida o’zbek tili leksikasi barcha ilmiy aspektlarda normativ - tasviriy planda yoritilgan. Til leksik xususiyatlari shu kunga qadar A. K. Borovkov, F. Kamolov, F. Abdullayev, M. Mirzayev, O.Usmonov, I. Rasulov, A. Hojiev, E. Begmatov, S. Ibrohimov, I. Ismoilov, M. Mirtojiev, T. Mullayev, G. Muhammadjonova, I. Isroilov, M. Po’latov, N. G’ulomova, N. Ismatullayev, N. Mamatov, T. Dadaxonova-Tursunova, N. Baqoyeva, S. G’oyibov, Yo. D. Pinxasov va boshqa qator tilshunoslarning ishlarida ancha atroflicha tadqiq qilingan. O’zbek tilida baynalminal so’zlar (I. Israilov, M. Po’latov, N. G’ulomova), eskirgan so’zlar (E. Qilichev), kasb - hunar leksikasi (S. Ibrohimov, M. Asomiddinova, N. Mamatov, T. Dadajonova, N. Baqoyeva), o’z tilining leksik qatlamlari va antroponimlar (E.Begmatov), toponimlar (S. Qorayev, T. Nafasov, Z. Do’simov, T.Enazarov, T. Rahmatov), sinonim so’zlar (S. Isamuhammedova), antonim so’zlar (B. Isabekov, R. Shukurov), polisemantik so’zlar (T. Aliqulov, M. Mirtojiev, I.Abduraxmonov, R.Yunusov, S.To’ychiev), so’z ma`nosi va uning valentligi (I. Qo’chqortoyev, R. Rasulov) masalalari bo’yicha monografik ishlar yaratildi.
O’zbek tili leksikografiyasini o’rganish uzoq tarixga egadir. O’zbek tilida nashr etilgan birinchi lug’at Nazir Turaqulov (1922) qalamiga mansub. Keyinroq M. Hasan (1926), G’ozi Olim Yunusov (1926), Ye. D. Polivanov (1926), K. K. Yudaxin (1927), A. Zohiriy (1927) lug’atlari nashr etildi. Bu ish 30-yillarda ham davom etgirildi. Ular orasida Toshmuhammad Qori Niyoziyning riyoziyot atamalari lug’ati (1931), Xusaynxon Niyoziyning fizika terminlari lug’ati (1932), A. Asqarov va P. Najmidsinovning anatomiya terminlari lug’ati (1933), N. Sayfulmulukovning paxtachilik terminlari lug’ati (1933), Amir Najibning mexanika terminlari lug’ati (1934), N. Kolosovskiy va Z.Saidnosirovning kimyo terminlari lug’ati (1935), T. Zohidovning zoologiya terminlari lug’ati (1938) va boshqa ko’pgina lug’atlar bor. O’zbek tili sinonimlar lug’ati (A. Hojiev), antonimlar lug’ati (N. Mamatov, R. Shukurov), omonim va paronimlar lug’ati (M. Mirtojiev), frazeologizmlar lug’ati (Sh.Rahmatullayev), ijtimoiy - siyosiy terminlar lug’ati (O. Usmon, R. Doniyorov) kabi maxsus lug’atlar yaratildi.
O’zbek tili leksikografiyasining ilmiy prinsiplarini ishlab chiqish sohasida birmuncha ishlar qilindi. Bu sohada A. K. Borovkov, K. K. Yudaxin, V. V. Reshetov, Z. Ma`rufov, O. Usmonov, S. Akobirov, G.M.Mixaylov, R. Doniyorov, K. O. Sharafutdinova, I. Hamdamova, A.Xo’jaxonov kabilarning xizmati katta bo’ldi. O’zbek leksikografiyasi erishgan yutuqlar natijasi sifatida ikki tomli "O’zbek tilining izohli lug’ati" (1981) nashr etildi.
O’zbek tili grammatikasi sohasida ancha ishlar qilindi. Maktab va oliy o’quv yurtlari uchun darsliklar yaratildi. O’zbek tilshunosligida grammatik tadqiqotlar so’z tarkibi, so’z yasalishi, so’z turkumlari va sintaksis bo’yicha bajarildi. O’zbek tili grammatikasini o’rganish yeohasida Ye. D. Polivanov, A. N. Kononov, S. N. Ivanov, A. M. Shcherbak kabilarning asarlari nazariy va ilmiy - metodik asos bo’lib xizmat qildi.
So’zning morfologik tarkibini o’rganishda A. G’ulomov, S. Usmonov, H. Ne`matov, O. Qosimxo’jayeva, A. Madvaliev, A. Xo’jayevlarning amalga oshirgan ishlari diqqatga sazovordir.
So’z yasalishi - o’zbek tilshunosligining maxsus sohasi sanaladi, bu sohaning rivojlanishida A. G’ulomov, Z. Ma`rufov, A. Hojievlarning hissasi katgadir. Keyinchalik so’z yasovchi va shakl yasovchi affikslarni xarakterlovchi ilmiy ishlar (Yo.Tojiev, M. Jo’raboyeva, A. Berdialiev) yaratildi.
So’z turkumlarini tadkiq qilish borasida ham ancha ishlar qilindi. O’zbek tilida otlar va unda egalik va kelishik kategoriyasi (R. Rasulov, O. Oripov, T. Inoyatov, S. Soliev), sifatlar (O. Sodiqova), son (S. Nizomiddinova, P. Hamdamov), olmosh (I. Suyarov), ravish (S. Fuzailov), fe`l zamonlari (A.Sulaymonov, J. Jo’rayeva), fe`l darajalari (S.Ferdaus), ko’makchi va to’liksiz fe`llar (AHojiev), harakat nomlari (F. Isxoqov), sifatdoshlar (S. N. Ivanov), ravishdoshlar (M. Shoxnazarova), maxsus tadqiqot ob`ekti bo’ldi.
O’zbek tili sintaksisi masalalariga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar vujudga keldi. O’zbek tili sintaksisining akademik nashrlari chop etildi. G’. Abdurahmonov, M. Asqarova, A. G’ulomov, U. Tursunov, J. Muxtorov, Sh. Rahmatuldayevlar tomonidan oliy o’quv yurtlari uchun o’zbek tili sintaksisidan darslik va qo’llanmalar yaratildi. O’zbek tili sintaksisi masalalariga bag’ishlanib I. V. Batmanov, S. N. Ivanov, A.Safayev, Yu. Jumanazarov, X. Abdurahmanovlarning monografiyalari chop etildi. So’z birikmasi masalalari F. Abdullayev, F. Ibrohimova, X. Komilova, M. Sharipov ishlarida o’z aksini topdi.
Sodda gap muammolari A. G’ulomov, I. Rasulov, G’. Abdurahmanov, A. X. Ismatullayev, X. G’afurov, S. G’oyibov, I. Rasulov, M. Mirzayev, B. Egamberdiev, J. Omonturdiev, D. Ashurova, D. Ubayeva, D. Muhammedova, X. Boltaboyeva, R. Jumaniyozov, X. Komilova, R. Sayfullayeva ishlarida bayon etilgan. Keyingi yillarda gapning aktual bo’linishi masalalariga bag’ishlangan ishlar (K. Hayitboyev) ham paydo bo’ldi. Qo’shma gap sintaksisi muammolariga bag’ishlab G’. Abdurahmonov, M. Asqarova, F. Kamolov, A. Azizova, A. Ma`rufov, X. Rustamov, A. Abdullayev, E. Azlarov, A. Saitniyozov, R. Sayfullayeva kabilarning ishlari maydonga keldi.
O’zbek dialektologiyasining fan sifatida tashqil topishida Ye. D. Polivanov, K. K. Yudaxin, A. K. Borovkov, G’. O. Yunusov, V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, S. Ibrohimov, F. Abdullayev, A. Shermatov, A. Aliev, X. G’ulomov, B. Jo’rayev, A. Ishayev, M. Nosirov, Yo. G’ulomov, O. Madraximov, Yu. Jumanazarov, N. Rajabov, X. Doniyorovlarning xizmati kattadir. Hozirgi kunda o’zbek dialektologiyasi buyicha unlab fan doktorlari va qirqqa yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi, o’zbek shevalari tavsif va tasnif qilindi.
Hozirgi dialektologlarning butun diqqat- e`tibori o’zbek xalq shevalari dialektologik atlasini tuzishga qaratilgan. O’zbek dialektologiya atlasini tuzish sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar oliy o’quv yurtlari uchun "O’zbek xalq shevalari lug’ati", "O’zbek dialektologiyasidan materiallar" (Uch tomdan iborat), shuningdek, maxsus darsliklarning yuzaga kelishiga imkon berdi. O’zbek tili tarixi yetarli o’rganilmagan shxalardan biridir. Hozirgi kunga qadar o’zbek tili tarixi bo’yicha G’. Abdurahmonov (tarixiy sintaksis), A. K. Borovkov (mumtoz adabiyot tili va stili), A. N. Kononov (Abulg’ozi asarlari tili), A.Matg’oziev (X1X asr tili), Mutallibov S. (XI asr tili), Najip A. N. (o’zbek tili tarixi taraqqiyoti), Rustamov A. R. (A.Navoiy tili), Shukurov R. Sh. (fe`lning tarixiy taraqqiyoti), Ne`matov H. (tarixiy fonetika va morfologiya), Fozilov E. N. (Xorazm obidalari tili, Navoiy lug’ati), Shcherbak A. M. (tarixiy grammatika) kabilar qimmatli asarlar yaratdilar. Bu yutuqlar asosida "O’zbek adabiy tili tarixi" (U. Tursunov, B. O’rinboyev, A. Aliev) darsligi vujudga keldi va chop etildi. O’zbek milliy madaniyatinng taraqqiyotida o’zbek grafikasi va imlosi masalalarini hal qilish muhim rol` o’ynaydi. O’zbek milliy tili rivoji uchun birinchi navbatda o’zbek yozuvini ishlab chiqish talab qilinar edi. Bu sohada Ye. D. Polivanov, A. K. Borovkov, V. V. Reshetov, F. Kamolov, S. Ibrohimov, O. Usmonov, X. Komilova, M. Raxmonov, Sh. Shoabdurahmonov, R. Jumaniyozov, E. Begmatov va boshqalarning xizmati katta bo’ldi.
O’zbek orfografiyasi sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar "O’zbek tilining imlo lug’ati"ning yuzaga kelishiga imkon berdi. O’zbek milliy adabiy tilining stilistik normalarini belgilash uchun o’zbek tilining turli janrlardagi asarlarini o’rganishni taqoza qilar edi. Shunga ko’ra o’zbek tilshunosligi oldida til va uslub masalalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish va o’zbek tili stilistikasi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma va darsliklar yaratsh dolzarb vazifalardan biri edi. Keyingi chorak asr ichida o’zbek tili stilistikasi sohasida salmoqli ishlar qalindi. A. K. Borovkov, R. Abdurahmonov, F. Kamolov, A. Shomaqsudov, E. Begmatov, Yo. Tojiev, I. Qo’chqortoyev, R. Qo’ng’urov, S. Karimovlarning ishlarida o’zbek tili stilistikasining muammolari chuqur va har tomonlama o’rganidsi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarlarning tili, leksikasi, frazeologiyasi va stiliga doir nomzodlik dissertasiyalari ham yozilib, ularda badiiy asarlardagi so’z boyligi, iboralar xilma - xilligi, uslubning o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o’z aksini topdi.
O’zbek tili stilistikasi sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar oliy o’quv yurtlari uchun "O’zbek tili stilistikasi" (A. Shomaqsudov, R. Qo’ng’urov, I.Rasulov), "Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari" (R. Qo’ng’urov, E. Begmatov, Yo. Tojiev) darslik qo’llanmalarining yuzaga kelishiga imkon berdi. O’zbek tili nutq, madaniyatini yanada o’stirish, yuksaltirish va silliqlashtirishda Ye. D. Polivanov, K. K. Yudaxin, V. V. Reshetov, A. K. Borovkov, shuningdek G’ozi Olim Yunusov, U. Tursunov va boshqa tilshunoslar bu sohaning metodologitk asoslarini belgilab berdilar.
S. Ibrohimov, A. Shermatov, E. Begmatov, M. Mirzayev, F. Abduldayev, U. Usmonova kabi tilshunoslarning o’zbek nutqi madaniyati masalalariga doir ishlari diqqatga loyiq.
“O’zbek tilshunosligi tarixi ”
FANIDAN AMALIY MASHG`ULOTLAR ISHLANMASI

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling