Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.93 Mb.
bet35/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

1- AMALIY MASHG‘ULOT

Mavzu e’lon qilinadi: Farobiy, A.Beruniy, Ibn Sinoning tilshunoslikka oid asarlari tahlili.


Amaliy mashg‘ulot maqsadi va vazifalari: Talabalarga Farobiy, A.Beruniy, Ibn Sino va ularning tilshunoslikka oid asarlari haqida ma’lumot berish.
Ta’lim vositalari: doska, tarqatma materiallar, daftar.
Ta’lim metodi: savol-javob, munozara, aqliy hujum.
Ma’ruza darsida o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash
Savollar:

  1. Abu Nasr Forobiyning lingvistik qarashlari.

  2. Abu Nasr Forobiyning asarlari haqida.

  3. Abu Rayxon Beruniyning lingvistik qarashlari.

  4. Abu Rayxon Beruniyning “saydana” asari haqida gapiring.

  5. Ibn Sinoning lingvistik qarashlari.

Farobiy o’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. Jumladan:


a) falsafaning umumiy masalalariga, bilimning umumiy xususiyatlari, qonuniyatlari va turli kategoriyalariga bag’ishlangan asarlar: “Substantsiya haqida so’z ”(“Kalom fi-l javhar”), “Masalalar manbai” (“Uyunul masoil”), “Qonunlar haqidagi kitob” (“Kitob fi-l navomis”), “Falak harakatining doimiyligi haqida” (“Kitob fi-l harakat al-falaka doimatun”) va b.;
b) Inson bilish faoliyatining falsafiy tomonlariga bag’shlangan, ya’ni bilishning shakllari, bosqichlari, usullari haqidagi asarlar. Mantiq (Logika)ning turli muammolariga doir asarlari ham shunga kiradi: “Kattalarning aqli haqida so’z ” (“Kalom fi-l aql al-Kabir”), “Yoshlarning aqli haqida kitob”(“Kitob fil-aql as-sag’ir”), “Mantiq haqida katta qisqartma kitob ”(“Kitob al-muxtasar al-kabir fi-l mantiq”), “Mantiqqa kirish kitobi”(“Kitob al-madxal ila-l mantiq”), “Isbot kitobi”(“Kitob al-burxon”), “Sillogizm shartlari kitobi ” (“Kitob sharoit al-qiyos ”), “Jon (ruh)ning mohiyati haqida risola” (“Risola fi mohiyat annafs”) va b.;
c) falsafa va tabiiy fanlarning fan sifatidagi mazmuni ,tematikasi haqidagi asarlar: “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” (“Kitob fi ixso al-ulum va at-ta’rif “, qisqacha nomi “Ixso al-ulum”), “Falsafa tushunchasining ma’nosi haqida so'z” (“Kalom fi ma’oni ism al-falsafa”), “Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida kitob” (“Kitob fi ashyo allati yaxtoju antallama kabl al-falsafa”). “Falsafaga izohlar”. (“Taoliq fi-l hikmat”) va b.;
d) moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini o’rganishga bag’ishlangan, ya’ni matematika fanlari – arfmetika , giometriya, astronomiya
va muzikaga oid asarlar: “Hajm va miqdor haqida so’z” (“Kalom fi-l xiyz va-l miqdor”), “Fazo giometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob” (“Kitob al-madxal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan ”), “Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni to’g’irlash usuli haqida maqola” (“Maqola fi-l jihat allayati yassexxu alayxo al qavl bi axkom an-nujum”), “Muzika haqida katta
kitob”(“Kitob ul- musiqa al-kabir”), “Muzika haqida so’z ”(“Kalom fi-l musqiy”), “Ritmlar turkumlari haqida kitob”(“Kitob ul fi ixso-il-iqo”) va b.;
e)modda xossalari va turlarini ,noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlarini o’rganuvchi, ya’ni tabiiy fanlar- fizika, kimyo, optika, meditsina, biologiyaga bag’ishlangan asarlar: “Fizika usullari haqida kitob ”(“Kitob fi usul ilm at-tabiat”), “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola”(“Maqola fi vujub sanoat al-kimyo va-r radd ala mabtiluho”),“Inson a’zolalari haqida risola”(“Risola fia’zo al-insoniyat ”), “Hayvon a’zolari to’g’risida so’z ” (“Kalom fi a’zo al-hayvon”) va b.;
f) tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san;ati, hattotlikka oid asarlar: “She’r va qofiyalar haqida so’z”(“Kalom fi she’r va-l qavofi”), “Ritorika haqida kitob”(“Kitob fi-l xitoba”), “Lug’atlar haqida kitob ”(“Kitob fi-l lug’at”), “Xattotlik haqida kitob”(“Kitob fi san’at al-kitobat”) va b.;
g) ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq, tarbiyaga bag’ishlangan, ya’ni huquqshunoslik, etika, pedagogikaga oid asarlar: “Baxt-saodatga erishuv yo’llari haqida risola”(“Risola fi-t tanbih ala asbob as-saodat”), “Shaharni boshqarish”(“As-sayohat an-madaniyat”), “Urush va tinnch turmush haqida kitob”(“Kitob fi maoyish va-l xurub”), “Fazilatli xulqlar” (“As-siyrar al-fazila”) va b.
Farobiy “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi”asarida o’rta asrda ma’lum bo’lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifi, ahamiyati ko’rsatib beriladi va barcha fanlarni besh guruhga ajratadi. Jumladan, til haqidagi ilm (7 bo’lim) grammatika, orfografiya, she’riyat va hokoza.
Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish:

  1. Quyidagi reja asosida ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanib konspekt yozing.

A.Beruniy, Ibn Sinoning tilshunoslikka oid asarlari


Reja:


  1. Farobiyning hissiy va idrokiy, umumiylik-xususiylikka bag’ishlangan asari.

  2. A.Beruniyning “Saydana” asari.

  3. Ibn Sinoning asarlari haqida.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling