Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.93 Mb.
bet31/42
Sana11.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1698819
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUA (3)

Adabiyotlar:

  1. Abdurahmonov G’., Shukurov Sh. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi. T., 1973.

  2. Asqarova M. O’zbek tili taraqqiyoti muammolariga doir// Turkiy tillarning taraqqiyot muammolari. T., 1995.

  3. Muxtorov J., Sanaqulov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T., 1995.

  4. Pinxasov Ya. D., Abdullayev A. O’zbek tilshunosligi taraqqiyotiga doir. Buxoro, 1964.

  5. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. T., 1979.

  6. Tomson V. Istoriya yazikoznaniya do konsa XIX veka. M., 1938.

  7. Tursunov U., O’rinboyev B., Aliev A. O’zbek adabiy tili tarixi. T., 1995.

  8. Uzoqov H. O’zbek tilshunoslari. T., 1972.

  9. O’rinboyev B. Tilshunoslik tarixi. Jizzax, 1994.

  10. O’rinboyev B. Bobur – tilshunos olim. T., 1993.

  11. Fozilov E. Sharqning mashhur filologlari. T., 1971.



O’RTA ASR O’ZBYeK LYeKSIKOGRAFIYASI


RYeJA:

  1. Navoiy asarlari tilini o’rganishning sabablari.

  2. “Abushqa” lug’ati haqida.

  3. “Badoi al - lug’at” haqida.

  4. Yaqub Changiyning ”Kelurnoma“ lug’ati haqida.

  5. Mehdixonning ”Sangloh“ lug’ati haqida.

  6. Lug’at maqolalarining joylashtirish tamoyillari.

  7. Lug’atlarda grammatika masalalari.

Tayanch tushunchalar: o’zbek leksikografiyasi tarixi; Navoiy asarlari tiliga bag’ishlangan lug’at va grammatikalar; “Abushqa”, “Badoi al - lug’at”, “Kelurnoma”, “Sangloh” lug’atlari; Mehdixonning “Maboni ul - lug’at” grammatik ocherki.
Ma`lumki, A. Navoiy asarlarining tili haqida bir kancha lug’atlar va grammatikalar tuzildi. Lug’at va grammatikalarda A. Navoiy tilidagi leksik va grammatik materiallar yig’ilgandir. Shunday lug’atlardan biri "Abushqa"dir. Ilmiy jamotatchilik orasida shu nom bilan mashhur bo’lgan bu lug’atni 1869 yilda Vel`yaminov-Zernov nashr qildi va fransuz tilida so’z boshi yozdi.
"Abushqa" lug’atida 2000 so’z bo’lib, ular A. Navoiyning badiiy, ilmiy, tarixiy asarlaridan olingan so’zlarning lugaviy ma`nolari berilib, Navoiy g’azal va dostonlaridan keltirilgan misollar bilan oydinlashtiriladi. Lug’at muallifi turkiy xalqlarga tushunarli bo’lmagan so’zlarni ajratib olib, ularni izohdaydi. Bunda u asosiy lugaviy birliklarni ajratib olmay, har xil grammatik shakldaga so’zlarni alfavit tartibida berib boradi. Masalan: Ikov, ikagu, ikovla, ikalamiz, bo’lgacha, bo’lgucha, bo’lguncha, bo’lguncho, to’rta, to’rtala, to’rtovla, to’rtalasi. "Abushqa" lug’atining qimmatli tomoni shundaki, chigatoycha-turkcha deb atalgan bu asarda umumga tushunarli bo’lmagan so’zlarning ko’chma ma`nolari va ma`no ottenkalari izohlanadi. Shuning uchun u ba`zi so’zlar semantikasini o’rganishda ishonchli material bera oladi.
Tali Imoni Hirotiy tomonidan yaratilgan "Badoi al-lug’at" asari ham A. Navoiy asarlari leksikasiga bag’ishlangandir. "Badoi al-lug’at" XV asrning oxirlarida kitobat qilingan bo’lib, u chigatoycha - forscha lug’at hisoblanadi. "Badoi al - lug’at" A. K. Borovkov tomonidan o’rganilib, alohida nashr etilgandir. Bu lug’atda Navoiy tilida uchrovchi turkcha so’zlar fors tiliga o’giriladi.
A. K. Borovkov "Badoi al - lug’at" va "Abushqa" haqida fikr yuritar ekan shunday yozadi: "Abushqa" lug’ati "Badoi al-lug’at"ning qayta ishlangan shakli yoki unga yaqin turadi va fors tilidan tarjima qilingandir".
XVII asrda tuzilgan Fazlullaxonning lug’ati ham muhim qimmatga egadir. Lug’at turkcha lug’at deb atalib, uch bobdan iboratdir. Birinchi bobda fe`llarlan hosil bo’lgan otlar forschaga tarjima qilinadi. Ikkinchi bobda esa, turli xil fe`l formalari izohlanadi. Uchinchi bob ot so’z turkumlari lug’atini tashkil qiladi.
Fazlullaxon lug’atida har bir so’zning talaffuz etilish normasiga aniq xarakteristika berilgandir. Masalan: Ota so’zi fatxa va madli alif bilan va ikkinchisi madsiz yoziladi, deb izohlanadi, lekin keltirilgan misollar kimning asaridan olingani haqida hech qanday belgi yuq. Hatto ba`zi so’zlar izohiga misollar berilmagan.
XV-XIX asrlarda yaratilgan lug’atlar ichida eng mukammali XVII asrda kitobat qilingan Muhammad Yakub Chingiyning "Kelurnoma" asaridir. O’zbekcha - tojikcha hisoblangan bu lug’at 15 bob va fasllardan iboratdir. Lug’atning qimmatli tomoni shundaki, unda har bir so’zning bosh harfi, ya`ni fe`lllarning infinitiv shakli, otning bosh kelishik formasidagi holati va uning forscha tarjimasi beriladi. So’ngra unga turli xil grammatik formalarning qo’shilib kelishi holatining tarjimasi beriladi. Masalan: o’qimoq - xondan, o’qidi - xond, o’qibtur - xonda ast, o’qur - xoxad xond, o’qibdi - xonda bud, o’qiydur - mixond, o’qimadi - na xond, o’qimaptur - na xonda ast, o’qimas - na xoxad xond, o’qimaydi – na xonda bud, o’qimaydur - nami xond, o’qub - bixon, o’qima - naxon, o’qirbiz - mixonim mo kabi.
Lug’at bir necha fasllarga bo’lingan bo’lsa, uning har bir faslida hayotning turli sohalariga oid so’zlarga izoh beriladi. Masalan, unda "Osmon", "Yer", "Qushlar" kabi fasllarda, shularga tegishli so’z izohlanadi. Inson organizmiga oid faslda so’zlar quyidagi tartibda beriladi: bosh-sar, miya-magiz, soch - mo’y, qosh - abru, manglay - peshona, ko’z - chashm, quloq - go’sh kabi.
Bu lug’at orqali tojik tili ta`sirida paydo bo’lgan sinonimik qatorlarni bilib olish mumkin: ko’k-osmon, quyosh-oftob, kun-oftob. Filolog-tarixchi Mehdixonning "Sanglox" lug’ati o’zbek adabiy tili tarixida muhim o’rin egallaydi. "Sanglox" lug’atiga Mehdixon eski o’zbek tilining grammatik ocherki bo’lgan "Maboni ul-lug’at" asarini ilova qilgan. "Maboni ul-lug’at" asarining kirish qismida A. Navoiy asarlarining sonini ko’rsatib o’tadi. Shu asarlar asosida uning grammatik ocherkini yozadi. Mehdixon bir kancha harakat nomlari va sifatdoshlarni izohlagandan so’ng o’tgan zamon, hozirgi - kelasi zamon, buyruq mayli, fe`lning bo’lishsiz formalari haqida to’xtaladi. Bular ishning birinchi bo’limida qaraladi. Kitobning ikkinchi bo’limida ba`zi grammatik formalarning shakllanishi jarayoni ko’rsatiladi. Ishning uchinchi bo’limida olmoshlar, to’rtinchi bo’limida yuklama va morfemalar xarakteristikasi, beshinchi bo’limida yordamchi fe`llar, oltinchi bo’limida orfografiya masalalari olg’a suriladi. Grammatikaning oxirida A. Navoiy asarlarida uchrovchi forscha elementlar ilova qilinadi. "Maboni ul-lug’at"ning xarakterli tomon shundaki, u yoki bu formaning fors va turk tilida qanday qo’llanilishini ko’rsatadi. Fikrni tasdiqlash uchun Fuzuliy va Navoiydan misollar keltiradi. Mehdixon o’zining grammatikasida eski o’zbek tilining fonetikasiga doir ham qimmatli fikrlar beradi. Tovushlarning jaranglilashishi va jarangsizlanishi (assimilyasiya) holati, unli tovushlarning uyg’unlashishi kabi masalalarni yoritadi: aldi, urdi, ketti, tuttum, kettim kabi.
Mehdixon grammatikasida ayrim grammatik formalarning shevalardagi farqli tomonlari ham ko’rsatiladi. Bunda adabiy til faktlarini jonli shevalar bilan chog’ishtiradi: ketmak, kurmak kabi so’zlar Xorazm va turkmanlarda gitmak, gelmak, gurmak tarzida talaffuz etiladi va ko’rsatiladi.
Grammatik formalarning ishlatilish darajasi va shu so’zlarning etimologiyasi qiziqarli faktlar bilan yoritiladi. Masalan: aydin(ay-tun), ishtan (ich+tun) kabi. Umuman, Mehdixon lug’ati va grammatikasi o’sha davr lingvistik qarashlari sohasida ma`lum rol` uynaydi.
Fatx Alixon lug’atida (XIX asr) 8000 so’zga izoh berilib, uning uchdan ikki qismi Navoiy asarlaridan olingan misollardir. Fatx Alixon lug’ati yuzasidan A. A. Romaskevich qimmatli fikrlar bnldirgan.
Lug’at to’rt qismdan iboratdir: muallif so’z boshisi, chig’atoycha-forscha lug’at, "Sanglox" lug’atiga izoh berilmagan o’n ikki so’zga izoh va Navoiy asarlarida uchrovchi forscha so’zlarlan iboratdir. Lug’atda yuqoridagi fikrlardan tashqari, Navoiy tarjimai holi va uning asarlar hamda geografik, tarixiy va etnografik ma`lumotlar bor. Umuman, lug’atlarni ko’zdan kechirib quyidagi xulosaga kelish mumkin.
Lug’atlarning hammasida janubiy turkiy shevalarning ta`siri kattadir. Tuzilgan lug’atlarning hajm doirasi tor . Ulardagi leksik elementlar 8-9 mingdan oshmaydi. Lug’atlar chigatoycha-forscha deb atalgani bilan Navoiy asarlari tili bilan chegaralangandir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Navoiy asarlariga bo’lgan qiziqishni qanday izohlaysiz?

  2. “Abushqa” lug’atining tuzilishi qanday?

  3. “Badoi al - lug’at” kim tomonidan tuzilgan va qaysi olimlar tadqiq etgan?

  4. “Kelurnoma”ning xususiyatlarini so’zlang.

  5. “Sangloh” va unga ilova qilingan “Maboni ul lug’at” haqida fikr yuriting.

Adabiyotlar:

  1. Abdurahmonov G’., Shukurov Sh. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi. T., 1973.

  2. Borovov A. Leksikograficheskaya tradisiya v slovaryax chigatayskogo yazika. Leksikograficheskiy sbornik, vip. IV. M., 1960.

  3. Zveginsev V. Istoriya yazikoznaniya XIX i XX vekov v ocherkax i izvlecheniyax. ch. I. M., 1960.

  4. Muxiddinov K. “Sanglax” Mirzi Muxammada Mexdixana. AKD, T., 1971.

  5. Muxtorov J., Sanaqulov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T., 1995.

  6. Pinxasov Ya. D., Abduldayev A. O’zbek tilshunosligi taraqqiyotiga doir. Buxoro, 1964.

  7. Romaskevich A. Noviy chigatayskiko – persidskiy slovar`//Mir Ali – Shir. L., 1928.

  8. Samoylovich A. Persidskiy turkolog XVIII veka Mirza Mexdixan// Izvestiya obshestva obsledovaniya i izucheniya Azerbaydjana, №5, Baku, 1927.

  9. Tomson V. Istoriya yazikoznaniya do konsa XIX veka. M., 1938.

  10. Tursunov U., O’rinboyev B., Aliev A. O’zbek adabiy tili tarixi. T., 1995.

  11. Umarov E. Grammatika starouzbekskogo yazika ”Mabainul - lugat“ Mirzi Muxammadxana. AQA, T., 1967.

12.O’rinboyev B. Tilshunoslik tarixi. Jizzax, 1994.


13. Fozilov E. Sharqning mashhur filologlari. T., 1971.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling