Tekshirish savollari
1. Nerv sistemasining vazifasi nimadan iborat?
2. Nerv sistemasi tuzilishiga ko`ra necha qismga bo`linadi?
Nerv markazlari qanday xususiyatlarga ega?
Bosh miya qanday bo`limlardan iborat?
Necha xil reflekslarni bilasiz?
Shartli reflekslar qanday turlarga bo`linadi?
Shartli tormozlanish necha xil bo`ladi?
Tayanch tushunchalar
Nerv, neyron, qo`zg`alish, tormozlanish, bosh va orqa miya, shartli va shartsiz refleks, ichki va tashqi tormozlanish.
Adabiyotlar
1. Maxmudov E. "O`smirlar fiziologiyasiva maktab gigiyenasi.” T. O`qituvchi.1984.
2. Sodiqov K.S. "O`quvchilar fiziologiyasi va maktab gigiyenasi" T.O`qituvchi. 1992 y.
3. Xripkova A.G. "Yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi" M. Prosveshenie. 1990 g.
3-MA'RUZA
MAVZU: OLIY NERV FAOLIYATINING YOSH XUSUSIYATLARI
Reja:
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.
Birinchi va ikkinchi signal sistemasi haqida tushuncha.
Oliy nerv faoliyatining tipologik hususiyatlari.
Dinamik stereotip.
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va ularning po`slog`i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo`lib hisoblanadi. Odamning xulqi, idroki, fikrlashi, ongi va barcha ruxiy hususiyatlari oliy nerv faoliyati bo`lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po`slog`ida joylashgan nerv markazlarining normal funktsiyasiga bog`liq. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo`ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog`lanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini ta'minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari , fikrlashi va ruhiy xolatlari reflekslar orqali sodir bo`lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda yozgan “Bosh miya reflekslari” deb nomlangan kitobida birinchi bo`lib ko`rsatdi . Uning reflekslar haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi taminotni yaratdi . U odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namayon bo`lishini isbotlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |