Oliy nerv faoliyatining tinlari.
Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po`slog`ida joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning normal funktsiyasiga yoki ulardagi qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir-biriga munosabatiga bog`liq.
Shartli reflektor faoliyati nerv sistemasining individual xosslariga bog`liq, Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig`indisi har bir organizmning irsiy hususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog`liq bo`lib, nerv sistemasining tipi deyiladi.
I.P.Pavlov ko`p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir - biriga munosabatiga ko`ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo`lgan edi.
1. Kuchli, ko`zg`luvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip. Bu tipda qo`zg`alish tormozlanish dan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo`ladi, o`rta o`zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez soviydi, emotsional reaktsiyalari kuchli, bilar—bilmas javob berib o`z fikrini maqullaydigan, topshiriqlarni o`z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo`lgan shartli reflekslar tez so`nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko`nikadi, nutqi tez va qo`pol, harakteri o`zgaruvchan, o`z hissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo`ladi.
2. Kuchli, qo`zg`aluvchan, muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip nerv protsesslarining kuchliligi, qo`zg`lish va tormozla-nishning muvozanat-lashganligi va harakatchanligi bilan ta'rif-lanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo`lib, tez so`nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez kunikadi, o`qish va yozishni tez o`rganadi, ular namunali xulqqa ega bo`ladi, darslarni a'lo o`zlashtiradi, uyga berilgan vazifalarni o`z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladi, nutqi tez va ravon, so`z boyligi ko`p, aytilgan so`zlarni tez ilg`ab oladi, jonli, harakatlari tez, turli imo —ishoralar bilan o`z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy harakterlar bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |