Dinamik stereotip. Oddiy hayot sharoitida odam va hayvon organizmiga turli xil ta'sirlovchilarning murakkab tizimi ta'sir etadi. Organizmning bunday murakkab ta'sirlovchilarga moslashishi miya yarim sharlari po`slog`ining shartli reflekslar analitik — sintetikfaoliyati tufayli amalga oshiriladi. Buning natijasida kompleks shartli reflekslar hosil bo`ladi. Bu miya yarim sharlari po`slog`ining yanada murakkab faoliyati bo`lib, shartli reflektor faoliyati yoki dinamik stereotip hisoblanadi. Dinamik stereotip deb bir vaqtda bir tartibdagi shartli reflekslarning uzluksiz ravishda tartib bilan kelishi va nerv tizimida bu ta'sirlarga javob qaytariladi. Dinamik stereotip, boshqacha aytganda, odamda bir necha yillar davomida shartli reflekslarning izchillik bilan kelib, miya po`slog`ida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarini hosil qilishdir. Dinamik stereotip har bir odam uchun o`ziga xos bo`lib, odamdagi odat va malakalarning asosi hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalar bosh miya yarim sharlari po`stlog`ida dinamik stereotipi hosil bo`lish jarayonlarini tekshirish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. M —n: Darslarni fiziologik asosda tashkil etish, kun tartibini tuzish, ovqatlanish, mehnat va dam olishni va boshqa faoliyat turlarini o`quvchilar nerv tizimida dinamik stereotipi vujudga keltirish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Tekshirish savollari:
Birinchi signallar sistemasiga nima kiradi?
Ikkinchi signallar sistemasiga nima kiradi?
Oliy nerv faoliyati nechta tipga bo`linadi?
Dinamik stereotip nima?
Tayanch tushunchalar.
Signal, birinchi va ikkinchi signal, tip, xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik.
Adabiyotlar
Morkosyan A.A. “Yosh fiziologiyasi masalalari” T. O`qituvchi. 1977 yil.
Sodiqov Q.S. “O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi” T. O`qituvchi 1992 y.
Sodiqov K. “Oilaviy hayot – gigiyenik hamda jinsiy tarbiya”
Qodirov U.Z. “Odam fiziologiyasi” T. 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |