4–MARUZA
MAVZU: SEZGI ORGANLARI – ANALIZATORLARNING YOSh XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI
Reja:
Analizatorlarnnig ahamiyati.
Analizatorlarning qismlari va xususiyatlari.
Ko`rish organining yoshga xos xususiyatlari va gigiyenasi.
Eshitish organining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.
Teri, hid bilish va ta'm bilish organlarining umumiy tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari.
Analizatorlarning fiziologshiyasi va gigiyenasi. Odam organizmi tashqi muhit bilan uzviy bog`langan, bu bog`lanish sezgi organlari orqali amalga oshadi, ya'ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta'sir etadi va ular bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi. Sezgi organlarga ko`rish, eshitish, teri, hid bilish, ta'm bilish analizatorlari kiradi.
I.P.Pavlov sezgi organlari markazini analizatorlar deb atagan. Analizatorlar bosh miya po`stloq qismida joylashgan.
Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan.
1.Analizatorlarning pereferik ya'ni retseptor qismi. Analizatorning periferik bo'g'imi hisoblanadi, ular ma'lum ta'sirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi. Reseptor tuzilishi, joylashishi, funksiyasiga ko'ra turli xil bo'ladi. Ayrim reseptorlar oddiy tuzilishga ega bo'lgan nerv uchlaridan iborat bo'lsa, ayrimliri murakkab tuzilishdagi sezgi organlarining alohida tuzilmalari yig'indisidan iborat bo'ladi. Retseptorlar joylashishiga qarab ikki qismga ekstroretseptorlar va introretseptorlarga bo`linadi.
Ekstroretseptorlarga: teri, ko`z, quloq, hid bilish, ta'm bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular turli xildagi tashqi ta'sirlarni qabul qiladi.
Introretseptorlar: esa ichki organlarda joylashgan bo`lib, ular organizmning o`zida hosil bo`ladigan ta'sirni qabul qiladi.
Properioretseptorlar: muskullar, paylar va bo`g`imlarda joylashgan retseptorlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |