Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 432.5 Kb.
bet3/15
Sana17.06.2023
Hajmi432.5 Kb.
#1545595
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Фарход автреферат (3)

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim tizimiga pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni va shakllarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar Sh.Abdullayeva, M.Abdujabbarova, Sh.K.Mardonov, N.M.Egamberdiyeva, X.I.Ibragimov, J.Yo‘ldoshev. R.X.Djurayev, N.A.Muslimov, M.Quronov, J.Sh.Djumabayeva, Z.Ismoilova, M.Vahobov, S.Matchonov, J.E.Usarov, R.B.Yarmatov, K.D.Riskulova, A.Sh.Muxsiyeva, U.N.Xujamkulov, U.Mahkamov, Sh.Mustafayev, G.Muhamedov, R.Niyozmetova va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan A.Aytbayeva, A.Kopitin, V.Anisimov, J.Shaygozova, M.Sultanova, YE.Medvedeva, I.Levchenko, L.Komissarova, T.Dobrovolskaya, A.Kuznesova, O.Korjenko, Y.Zargaryanlar tomonidan bo‘lajak mutaxassilarni kasbiy amaliyotga metodik tayyorlash jarayonini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik aspektlari tadqiq etilgan.
Xorij olimlari W.Jhon Morgan, V.Grini, T.Kellagan, M.Meskon, F.Xedouri, T.Skott Myurrey, Tony Bush, Deborah J.Teeter, Lawrence A.Sherr, C.Taylorlarning ilmiy tadqiqotlarida ta’lim jarayonini tashkil etish va uning sifatini monitoring qilishning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etilgan.
Biroq bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasining ilmiy talqin etilmaganligi, Tarbiya fanini o‘qitishning metodik tizimi va komponentlarining aniqlashtirilmaganligi hamda amaliy faoliyat tajribasini shakllantirish metodikasining alohida tadqiqot muammosi sifatida o‘rganilmaganligi mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

Download 432.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling