Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 432.5 Kb.
|
Фарход автреферат (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasining tarkibiy tuzilmasi, komponentlari, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik-psixologik, metodik xususiyatlarining aniqlashtirilganligi, samaradorligini oshirish imkoniyatlarini hamda mezon va ko‘rsatkichlari, faoliyatga doir kompetensiyalar mazmun-mohiyatining ochib berilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Tarbiya fanini o‘qitishda bo‘dajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida amaliy ko‘nikma, kasbiy kompetensiya, didaktik, ijodiy hamda perseptiv qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik modeli, metodik shart-sharoitlarining takomillashtirilganligi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir innovatsion va axborot texnologiyalar asosida didaktik ta’minotining yaratilganligi, nazariy va amaliy ko‘nikmalarini baholashning diagnostik usullarining ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning tarkibiy tuzilmasi “inson-jamiyat-davlat” munosabatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik xususiyatlari didaktik komponentlarni o‘qitishning yakka, jamoaviy shakllari hamda loyiha, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini integrativ qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-martdagi №02-07-940/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalardan kasbiy faoliyatda foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda kasbiy-metodik amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning umumpedagogik texnologiyalari muntazamlilik, transformativlik, shaxsiy na’muna tamoyillarini pedagogik amaliyotga yo‘naltirish asosida kasbiy o‘sish imkoniyatlari takomillashtirilga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son bo‘yrug‘i, 302-0905-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida Tarbiya fanini o‘qitishga doir metodik imkoniyatlardan foydalanish malakalarini rivojlantirish ta’minlangan; tarbiya fanini o‘qitishga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ni tayyorlash modeli irodalilik, Vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, bag‘rikenglik, mas’uliyatlilik, innovatsion fikrlash, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni odatga aylantiruvchi qadriyatli yondashuvlarga yo‘naltirilgan ta’sir bloklarini kiritish asosida boyitishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O’zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ-202002146 “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzg’unchi g’oyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o’zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasining 2023-yil 29-apreldagi №05-614-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tarbiya fanini o‘qitishga doir kompetensiyalarini umumpedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan. Download 432.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling