Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD
Download 432.5 Kb.
|
Фарход автреферат (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: Rasmiy opponentlar: YEtakchi tashkilot
- T.Fayzullayev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, s.f.d., professor Sh.K.Xo‘jamberdiyeva
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati.
AVTOREFERATI
Andijon – 2023 Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida V2021.3.PhD/Ped2755 raqam bilan ro‘yhatga olingan. Dissertatsiya Andijon davlat universitetida bajarilgan. Dissertatsiya avtoreferati uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz (rezyume)) Ilmiy kengashning veb-sahifasida (www.namdu.uz) va «Ziyonet» Axborot ta’lim portalida (www.ziyonet.uz) joylashtirilgan. Ilmiy rahbar: Rasmiy opponentlar: YEtakchi tashkilot: Dissertatsiya himoyasi Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil “____” __________ soat _____ dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. (Manzil: 160119, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316-uy. Tel.: (+99869) 227-06-12; faks: (+99869) 227-07-61; e-mail: info@namdu.uz) Dissertatsiya bilan Namangan davlat universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin (1167 raqami bilan ro‘yhatga olingan). Manzil: 160119, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316-uy. Tel.: (+99869) 227-29-81. Dissertatsiya avtoreferati 2023 yil “____” _______ kuni tarqatildi. (2023 yil “_____” ________dagi ___ - raqamli reyestr bayonnomasi). T.Fayzullayev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, s.f.d., professor Sh.K.Xo‘jamberdiyeva Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent K.M.Boymirzayev I lmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar raisi, g.f.d. (DSc), dotsent KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahon ta’lim tizimida malakali, ijodkor, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini kompetensiyaviy yondashuvlar, innovatsion hamda integratsion ta’lim texnologiyalari asosida tizimli takomillashtirib borish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan davlatlarda zamonaviy ta’lim sharoitlarida faoliyat olib boradigan mutaxassisni mehnat bozori talablari asosida tayyorlashda ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik islohotlar uyg‘unligiga ustuvorlik berish, YuNESKO xalqaro tashkilotining ta’lim siyosatini yuritish sektori (Education Sector) dasturlarida «butun hayot davomida ta’lim olishni ta’minlash (Life learnine)» alohida vazifa sifatida belgilangan. Jumladan, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan o‘zgartirish, raqobatbardosh, o‘zgarishlarni tez anglagan holda makon va zamonda maqsadli mo‘ljal oladigan, moslashuvchan bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish dolzarb ijtimoiy-siyosiy vazifa etib belgilangan. Dunyoning yetakchi ilmiy tekshirish markazlari va oliy ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy yo‘nalgan innovatsion muhitda fanlarni o‘qitishning modifikatsion modellaridan foydalanishga tayyorlashni takomillashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ochiq ta’lim kontenti hamda o‘qitish tizimlari (LMS)ni ishlab chiqish, amaliyotga keng joriy etishga oid ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan samarali mexanizmlarni rivojlantirish, variativ-adaptiv dasturiy ta’minotni maktabda o‘qitiladigan fanlar mazmuniga mos ravishda takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, oliy va umumiy o‘rta ta’lim mazmunining optimallashuvisiz amalga oshmaydi. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion metodik muhitda erkin harakatlanishga oid kasbiy kompetentlikni rivojlantirish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Respublikamizda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, milliy g‘urur hamda qadriyatlarimizga asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijaviyligini ta’minlashda boshlang‘ich ta’lim bosqichida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarni umumiy va ixtisoslikka oid metodik talablarga mos ravishda pedagogik faoliyatni tashkil etish, jumladan Tarbiya fanini samarali o‘qitishda PIRLS xalqaro baholash dasturlari mazmuniga integratsiyalashgan o‘qitish shakllarini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “...professional korpusni yaratish, pedagog xodimlarning malaka talablarini, shuningdek yangilangan ta’lim standartlarini joriy etish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan . Bu esa, zamonaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarda tarbiyaviy xususiyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi Tarbiya fanini samarali o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq takomillashtirishni taqozo qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonlari, 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 432.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling