Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 432.5 Kb.
bet4/15
Sana17.06.2023
Hajmi432.5 Kb.
#1545595
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Фарход автреферат (3)

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot ishi Andijon davlat universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasining “Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning nazariyasi va amaliyoti” (2018-2022 yy.) nomli ilmiy-tadqiqot mavzusi ishlari rejasiga muvofiq tarzda bajarilgan
Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning pedagogik-psixologik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirish;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik bosqichlarini takomillashtirish;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash modelini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirish;
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” modulini o‘qitishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda kasbiy-metodik kompetensiyalarni intensiv rivojlantirishga oid metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’yekti oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash jarayoni tanlangan bo‘lib, tajriba-sinov ishlariga Andijon DU, Farg‘ona DU, Toshkent DPU ning jami 317 nafar talabalari jalb etildi.
Tadqiqotning predmetini bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda nazariy metodlar (mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, xorijiy va mahalliy pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish), empirik (suhbat, anketa so‘rovnomalar, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish, ma’lumotlarni tizimlashtirish) hamda matematik-statistik tahlil kabi usullardan foydalanildi.

Download 432.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling