Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD


Download 432.5 Kb.
bet5/15
Sana17.06.2023
Hajmi432.5 Kb.
#1545595
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Фарход автреферат (3)

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning tarkibiy tuzilmasi “inson-jamiyat-davlat” munosabatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik xususiyatlari didaktik komponentlarni o‘qitishning yakka, jamoaviy shakllari hamda loyiha, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
tarbiya fanini o‘qitishga bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlash modeli irodalilik, Vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, bag‘rikenglik, mas’uliyatlilik, innovatsion fikrlash, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni odatga aylantiruvchi qadriyatli yondashuvlarga yo‘naltirilgan ta’sir bloklarini kiritish asosida boyitilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda kasbiy-metodik amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning umumpedagogik texnologiyalari muntazamlilik, transformativlik, shaxsiy na’muna tamoyillarini pedagogik amaliyotga yo‘naltirish asosida kasbiy o‘sish imkoniyatlari takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash samaradorligini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik ishlanmalari yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga doir o‘quv qo‘llanma yaratilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‘llanilgan yondashuv va usullar ilmiy-metodik jihatdan asoslanganligi, nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar, tajriba-sinov ishlari samaradorligi darajasi matematik-statistik metodlar vositasida aniqlanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi hamda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.

Download 432.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling