2-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash yo‘nalishlari
Pedagogik-psixologik jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashda aynan umumta’lim maktablari o‘quvchilariga qo‘yiladigan DTS talablari, dars va boshqa ta’lim shakllarini bilishi hamda ularni mos ravishda tanlashi, shaxs psixologiyasi qonuniyatlaridan kelib chiqib, zarur barqaror muhitni yaratish yo‘llarini belgilash va tanlash ko‘nikmasi rivojlantirildi. Talabalarni pedagogik kasbiy faoliyat mohiyati bilan tanishtirish, uni tashkil etishga tayyorlash, turli kutilmagan vaziyatlar va ulardan chiqishga o‘rgatishda tarbiya vositalariga tayanishga e’tibor qaratildi.
Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning mazmuni, metod va vositalari” deb nomlangan ikkinchi bobida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga qo‘yiladigan didaktik talablar, tarbiya fanini o‘qitish jarayoniga boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini rivojlantirishning metodik tizimi to‘g‘risidagi amaliy ish shakllari sharhlangan.
Umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Tarbiya” fani dasturi o‘quvchilarning yoshiga xos psixofiziologik jixatlarni hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lib, mazkur fan orqali o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, tolerantlik kabi sifatlar tarkib topadi. Fanning o‘qitilishidan ko‘zlangan asosiy vazifalar bu o‘quvchilar ongiga ma’naviyat mohiyatini, sog‘lom turmush tarzi qoidalarini singdirish hamda davlat va jamiyatning zamonaviy shaxs oldiga qo‘ygan talablari doirasida xulq-atvor me’yorlarini o‘rgatish kabilardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6-iyuldagi 422-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq umumta’lim muassasalarida «Vatan tuyg‘usi», «Odobnoma», «Dunyo dinlari tarixi» hamda «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanlarini birlashtirib, yagona «Tarbiya» fani 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab 1- 9-sinflarda, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 10 - 11-sinflarda o‘qitilishi belgilab qo‘yilgan.
Birinchi sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” darsligi tarbiyaviy ahamiyatga oid bir qator mavzularni o‘zida jamlagan bo‘lib, o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘stirishga, xayotiy qonun-qoidalarga amal qilishga o‘rgatishga qaratilgan. Jumladan, “Yo‘l ko‘rsatkichlari” mavzusi doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari har bir belgi qanday ma’no anglatishini va ko‘chada harakatlanganda bu belgilarga rioya etishning muhimligini egallaydilar.
Tadqiqot ishining samaradorligi “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitshga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” modeli asosida amaliy isbotlangan. ( 3 - rasmga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: |