Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD
-rasm. “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitshga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” modeli
Download 432.5 Kb.
|
Фарход автреферат (3)
3-rasm. “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitshga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” modeli
Tadqiqot maqsadini amalga oshirishda ishlab chiqilgan modelga alohida e’tibor berilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanii o‘qitishga tayyorlashda ularning shaxsiy va kasbiy xususiyatlari, kasbiy faoliyati maqsadi, asosiy bosqichlari, o‘qitish yo‘llari, usullari, shakllari va metodlari umumlashtirilgan. Talabalarning mutaxassislik modullari tarkibidagi mustaqil ta’lim topshiriqlariga Tarbiya darslarini tashkil etishga oid topshiriqlar integratsiya qilingan. Shundan kelib chiqqan holda biz amaldagi “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” moduli uchun nashr qilingan darslik, fan va ishchi dasturlar, ma’ruza matnlarini hamda shu moduldan ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarni tashkl etishda tizimlilik, ijodkorlik, o‘zaro tajriba almashinuv muhitini yaratishga ustuvorlik berish asosida metodik ta’minoti kengaytirildi. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” modulini o‘qitish asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur tarbiyachilik qobiliyatlarini tizimli tarkib toptirish, ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘zlashtirgan tarbiyaviy yondashuvlarni nafaqat kasbiy amaliyotga, balki hayotiy vaziyatlarga ham samarali joriy etishga tayyorlash tizimi ishlab chiqilgan. Shu bois “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” modulining vazifalarini ham sanab o‘tish lozim: 1. Talabalarga ijtimoiy ko‘nikmalar hamda kasbiy kompetensiyalar haqida bilim berish, ushbu ko‘nikmalarni o‘quvchilarda shakllantirish uchun nazariy bilimlar berish. 2. Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasining mazmuni va mohiyati hamda boshlang‘ich ta’lim miqyosida ko‘zlagan maqsadini tanishtirish. 3. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Tarbiya” fanini o‘qitishning metodik jihatlarini o‘rgatish. 4. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Tarbiya” fanini o‘qitishda ijtimoiy kompetensiyalarning zarurligini anglatish, ushbu kompetensiyalarning mutaxassis faoliyatidagi imkoniyatlarini tushuntirish. 5. Talabalarda muayyan pedagogik vaziyatlarda ijtimoiy kompetensiyalar, metodik yondashuvlardan samarali foydalanish malakalarini rivojlantirish. 6. Talabalarda kasbiy rivojlanish motivatsiyasini kuchaytirish, ularda o‘zini-o‘zi takomillashtirish malakalarini shakllantirish. Shundan kelib chiqib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda usul va vositalarni tanlashga doir kasbiy kompetensiyalar tizimi tarkib toptirigan. Chunki bu kabi metodik yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma va malakalarsiz Tarbiya darsining ta’sir kuchini o‘quvchiga xis qildirib bo‘lmaydi. Tarbiya darsi o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra o‘quvchining ruhiyati bilan bevosita o‘rtoqlashadigan, faoliyati bilan uyg‘unlashadigan dars ekanligini ko‘rish mumkin. Quyidagi jadvalda Tarbiya fani dasturida berilgan o‘quvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni tizimlashtirgan holda taqdim etdik. Bu kompetensiyalarni o‘quvchilarda shakllantirish uchun o‘z o‘rnida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan ham qator kompetensiyalarni namoyon etish taqozo etiladi. Ular quyidagi jadvaldi keltirildi (1-jadval). Download 432.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling