Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD
- jadval “Tarbiya” fanida o‘quvchilarning bilimlarini shakllantirishga qaratilgan kompetensiyalar
Download 432.5 Kb.
|
Фарход автреферат (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchidan talab qilingan kompetensiyalar
- Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi”
- Yuqori”
1- jadval
“Tarbiya” fanida o‘quvchilarning bilimlarini shakllantirishga qaratilgan kompetensiyalar
“Tarbiya” fanini o‘qitishga metodik tayyorlanish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantiradi, ularda umumpedagogik tayyorgarlik sifat jihatdan ortadi, pedagogik faoliyatda ijodkor va kompetentli bo‘lishga tayyorlaydi. Tadqiqot doirasida olib borilgan aosslovchi tajriba-sinov ishlari jarayonida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” hamda “Umumiy pedagogika” modullarining amaliy mashg‘ulotlar hamda malakaviy amaliyot dasturlari mazmuniga quyidagi yo‘nalishlarda o‘quv topshiriqlar singdirilishiga ustuvorlik berildi. Ular: umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Tarbiya” fani bo‘yicha o‘quvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalariga oid savol va topshiriqlar; o‘quv fanlariga oid darslarning tarbiyaviy maqsadlarini belgilashda uzluksiz ma’naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etishni ko‘zda tutuvchi; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda o‘qish motivatsiyasini rivojlantirishga mo‘ljallangan metodlarni tanlash va topish hamda qo‘llashga o‘rgatishga oid. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya darslarini o‘tishga samarali tayyorlashning metodik tizimi amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, keyingi bobda ushbu tizim samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlari bayoni keltirigan. Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi hamda matematik-statistik tahlil natijalari keltirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlari quyidagi tamoyillarga muvofiq amalga oshirildi: tajriba-sinov ishlarining aniq maqsadga yo‘naltirilganligi; tajriba-sinov ishlarining izchilligi, tizimliligi va uzviyligining ta’minlanganligi; muammoning nazariy asoslari bilan amaliy ishlanmalar orasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi; o‘qituvchilarning o‘z imkoniyatlarini erkin ro‘yobga chiqara olishlariga erishilganligi kabilar tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga erishishni ta’minladi. Dissertatsiyada keltirilgan nazariy tahlillar amaliy ishlanmalar bilan uyg‘unlashganligi, mavjud pedagogik jarayonning har tomonlama tahlil etilganligi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yutuqlarni boyitish ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari davomida belgilab olindi. Shunga ko‘ra, amalga oshirilgan ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlarini samarali tashkil etish maqsadida maxsus ko‘rsatkichlar tizimini o‘z ichiga olgan metodikani ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur metodika asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarining maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi ko‘rsatkichlar, shuningdek, tajriba-sinov ishlari samaradorligini aniqlash mezonlari yoritildi. Shunday qilib, tadqiqot doirasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini Tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini rivojlantirishning majmuaviy mezonlari aniqlashtirildi: talabalarning Tarbiya darslarini o‘tishga g‘oyaviy-estetik tayyorgarlini baholash topshiriqlari; tarbiyaga oid buyuk mutaffakkirlar, allomalar, yozuvchilar, olimlarning qarashlarini yig‘ish va ular haqida shaxsiy munosabatlarini shakllantirish; tarbiyaga oid xikmatlar, maqollar jamlash va ularni sharhlash. Mazkur mezonlarni tavsiflovchi komponentlar belgilandi va yuqori, o‘rta, quyi darajaviy ko‘rsatkichlarda olindi (4-jadvalga qarang). Qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda 2018 yildan 2020 yilgacha uch bosqichda tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi. Tajriba-cinov ishlari Andijon davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universitetlarida olib borildi 335 nafar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba ishtirok etdi. Talabalar tomonidan bu topshiriqlarning bajarilganligini baholashda quyidagi mezonlar tanlab olindi: “Yuqori”-agar talaba topshiriqlarni bajarib, 8-10 ball to‘plasa, ushbu mezonda baholandi. “O‘rta”-agar talaba topshiriqlarni bajarib, 5-7 ball to‘plasa, ushbu mezonda baholandi. “Past”-agar talaba topshiriqlarni bajarib, 5 balldan past ball to‘plasa, ushbu mezonda baholandi. Tajriba so‘nggida bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi bo‘yicha tajriba-sinov ishlarining solishtirma tahlili 2- jadvalda keltirib o‘tilgan. Download 432.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling