Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 432.5 Kb.
|
Фарход автреферат (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
- “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning nazariy asoslari”
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 11 ta ilmiy ish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, jumladan, 4 tasi respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, asosiy matn 150 sahifani tashkil etadi. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqot ishining maqsad va vazifalari, ob’yekti, predmeti, metodlari, tadqiqotning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarga mosligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy qilingani, approbatsiyasi, nashr etilgan ishlar, tadqiqot ishining tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash dolzarb pedagogik muammo ekanligi, tarbiya fanini o‘qitish metodikasini shakllantirishning psixologik-pedagogik va metodik xususiyatlari hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitish metodikasining amaliyotdagi holati yoritib berilgan. Ta’lim va tarbiya tizimi jadal rivojlanayotgan ushbu davrda bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida tarixiylik tamoyiliga asoslangan holda ajdodlarimiz yaratgan bebaho ma’naviy-pedagogik merosdan foydalanish muhim sanaladi. Shu o‘rinda Sharq mutafakkirlari tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlar, ma’naviy-pedagogik meros yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ular tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlar, ma’naviy meros, mutafakkirlarning pedagogik qarashlari, g‘oyalari, ularning didaktik asarlari yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson sifatida shakllantirish, ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishga hizmat qiladi. Mamlakatimizda yoshlarni tarbiyalashning strategik yo‘nalishi mavjud bo‘lib, uning tarkibidagi vazifalar kelajak taraqqiyotiga poydevor bo‘ladigan omillarni o‘zida mujassamlashtirgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1059-son “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorida har bir shaxsning ijtimoiy farovon, to‘laqonli baxtli hayot qurishi uchun zarur fazilatlar majmui belgilab berildi. Mazkur Qarorning 2-bandi yoshlarda irodalilik, Vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, bag‘rikenglik, mas’uliyatlilik, innovatsion fikrlash, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish vazifasi belgilab berilgan1. Ta’lim va tarbiya borasida bunday yondashuvlar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son Qarorining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim standartida “Ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlarini shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi” zarurligi bilan belgilanadi. Ayniqsa, oliy ta’limda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamonaviy muhitda va texnologiyalar asosida o‘qitish orqali talabalarda zarur kasbiy-metodik tayyorgarlikni, ma’naviy fazilatlarni, ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi. Mazkur bobda “tarbiya”, “zamonaviy ta’lim muhiti” va “o‘quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash”, “kasbiy kompetensiyalar” atamalarining mazmuni va ular o‘rtasidagi bog‘lanish talqin etilgan. Tarbiya – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, yoshlarda halollik, poklik, burch, vijdon, olijanoblik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Tarbiya insonlarning o‘ziga, oilasiga, yaqinlariga, do‘stu yorlariga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan xulq-atvor me’yorlarining majmuasidir. Pedagogik atamalar lug‘atida esa, tarbiya atamasiga kuyidagicha ta’rif berilgan: tarbiya – bu, shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Shu bilan bir o‘rinda, tarbiya – bu, yosh avlodni mujassam rivojlantirishga yo‘naltirilgan umuminsoniy hamda milliy ijtimoiy tajribani o‘quvchi va talabalarga uzluksiz taqdim etish jarayonidir. Manbalarda keltirilgan tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahlil qilish va umumta’lim maktablarida Tarbiya fanini o‘qitishda zarur axloqiy me’yorlar, ma’naviy meroslarga oid ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish uchun qo‘llaniladigan metodik vositalar mazmunini shakllantirishda qo‘llaniluvchi tushunchalarga shaxsiy izoh va ta’rif berishni lozim topdik. Shu o‘rinda tarbiyaga mualliflik ta’rifimizni keltiramiz: tarbiya bu -farzandni boqish, unga ta’lim olish sharoiti va muhitini yaratish, unga odamlar orasida murosalikda, o‘zaro ishonch va hurmatda yashashni o‘rgatish, shaxsiy namuna asosida ularda halollik, sadoqat, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik kabi sifatlarni tarkib toptirish yo‘lida qilingan mehnatdir. Mazkur ta’rifimizning asosini ilm va uzluksiz mehnat tashkil etadi. Har qanday tarbiyaning negizida ilm turishi tarixdan ma’lum haqiqatdir. Insonga berilgan narsalarning gultoji ilmga muhabbat va o‘rganilgan ilmiga amal qilmoqlikdir. Ustoz shogirdiga ilmdan-da bebaho narsa bera olmaydi. Xuddi ota-ona o‘z farzandiga tarbiyadan a’loroq meros qoldira olmagani kabi. Ilm insonni yaxshilik, ezgulik tomon yetaklaydi va o‘zgartiradi. Insonga yaxshilik ilm orqali singdiriladi. Ilm olishda mo‘’jiza yuz bermaydi, ya’ni ilm olmoqlik mashaqqat va qunt, o‘zni fido qiluvchi sa’i-harakat bilan amalga oshadi. Olimjon Rahimov ijodida komillik masalasi bosh mavzulardan biridir. Ijodkor o‘z asarlarida odamlarni fisqu-fasod, g‘iybat, hiyonat, minnatdan uzoq yurishga go‘zallik, insoniylik, ezgulikka oshno bo‘lishga undaydi. «Xolis fikrlar» nomli kitobida ham tadqiqot ishimiz mavzusiga oid bir qator mushoxadalar bilan tanishdik. Ushbu kitobda «Oriyat, nomus – inson uchun eng qimmatli tuyg‘udir. Bu tuyg‘uni nihoyatda avaylab-asrash kerak!» – deb aytib o‘tilgan. Bu ham tarbiyaning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida global muammolar maydonga chiqayotgan tahlikali paytda yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ularda mantiqiy tafakkur, tanqidiy fikrlashni barqaror rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi har soha kabi pedagogikada ham dolzarbdir. Yoshlarni vatanparvar, fidoiy va o‘z hatti-harakatlariga mas’uliyatli etib tarbiyalashda Tarbiya fanining imkoniyatlari oldingi paragrafda keltirib o‘tildi. O‘quvchi yoshlarni kichik maktab yoshidanoq atrofdagi voqea-hodisalarga nisbatan tanqidiy munosabat namoyon etishga o‘rgatishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari hamda bu bo‘yicha darsliklarda o‘quv topshiriqlarining hayotiy kontekstlarda berilishiga bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi nafaqat ta’lim beruvchi, balki shaxs, fuqaro, ijtimoiy sub’yektdir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kommunikativlik bilan bog‘liq ravishda qator vazifalarni oliy ta’lim jarayonida bajarishga e’tibor qaratish lozim (1-rasm). Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kommunikativlik kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari Talabalarda ota-onalar, jamoa bilan ishlash, o‘quvchilarda tarbiyaviy xususiyatlarni shakllantirishga asoslangan samimiy muloqotni amalga oshirish Download 432.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling