Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD
Bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi bo‘yicha tajriba-sinov ishlarining statistik ko‘rsatkichlari
Download 432.5 Kb.
|
Фарход автреферат (3)
4-jadval
Bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi bo‘yicha tajriba-sinov ishlarining statistik ko‘rsatkichlari
Yuqoridagi natijalarga asoslanib tajriba-sinov ishlarining sifat ko‘rsatkichlarini hisoblaymiz. Bizga ma’lum =2,28; =1,91; ga teng. Bundan sifat ko‘rsatkichlari: O‘qitish samaradorligi ko‘rsatkichi quyidagicha aniqlanadi: Bilish darajasini ko‘rsatkichi esa quyidagicha aniqlanadi: Olingan natijalardan o‘qitish samaradorligini baholash mezonini birdan kattaligi bilan va bilish darajasini esa baholash mezonini noldan kattaligi orqali ko‘rish mumkin. Demak, tajriba-sinov ishlari natijasida bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi bo‘yicha talabalar bilan olib borilgan tajriba-sinov ishlari samarador (12,3% ga) ekan. XULOSA “Bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishda o‘qituvchining fanga doir bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini egallashi, eng muhim ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarni egallash, shaxsiy va kasbiy rivojlanishini ta’minlash uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish, uning kasbiy sifatlarni muvaffaqiyatli rivojlanishini taqozo etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlashning metodik xususiyatlari didaktik komponentlarni o‘qitishning yakka, jamoaviy shakllari hamda loyiha, muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini integrativ qo‘llashni ta’minlaydi. Oliy ta’limda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya darslarini o‘tishga tayyorlash ham pedagogik, ham ijtimoiy-siyosiy tavsifga ega dolzarb masala bo‘lib, bunga talabalarni ma’naviy jihatdan barqaror yetuk mutaxassis etib shakllantirish orqali erishiladi. Zero, tarbiyali insongina, bolaga maqsadli yondashgan va shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda ta’sir ko‘rsatadi. Shundagina uni o‘quvchilar eshitadi, uning ortidan ergashadi, aynan shu g‘oyaga yo‘nalgan holda ilmiy tadqiqot konsepsiyasi tanlandi va tajriba-sinov ishlari mazmuni shakllantiriladi. Tarbiya darslari qanchalik samarali tashkil etilsa, o‘quvchilar shunchalik ma’rifiy, ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan barqaror kamol topadilar. Mazkur darslar zamonaviy shaxsga qo‘yiluvchi ijtimoiy buyurtma talablarini bajarish, XXI asrga xos ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarda tarkib toptirish uchun mashq maydoni hisoblanadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy metodik kompetensiyalarini intensiv rivojlantirish orqali o‘quvchilarni tarbiyalash, hayotiy pozitsiyaga ega zamonaviy shaxs etib shakllantirishga erta va samarali erishishiladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish modelin amaliyotga tadbifq etishda kompleks (pedagogik, psixologik, metodik, g‘oyaviy-siyosiy, estetik tayyorlashda tizimlilik, tarixiylik, qadriyatlilik, hayot bilan bog‘liqlik) tamoyillariga ustuvorlik berish muhim pedagogik jihatlaridan biri hisoblanadi. Bo‘lajak boshlag‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodiksini takomillashtirish maqsadga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot mazmuni, samarali o‘qitish shakllari, o‘qitishning yetakchi tamoyillari va texnologiyalarining puxta asoslanganligiga bog‘liq. Shu bois, ishlab chiqilgan metodik ta’minot tarbiya fanini samarali o‘qitishga xizmat qiladi. Tadqiqot ishida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy amaliyotga metodik jihatdan tayyorlashda umumiy o‘rta va oliy ta’lim mazmunini o‘zaro integratsiyalash hamda “Tarbiya” fani mazmunidan kelib chiqqan holda pedagogik amaliyot mazmunini takomillashtirishga ustuvorlik berildi. Bu yondashuv talabalarda pedagogik qobiliyatlarni intensiv rivojlantirish imkonini beradi. Bo‘lajak boshlag‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodiksini takomillashtirish uchun ijodiy ta’lim muhiti, o‘quvchilarda tarbiyaviy xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik ko‘rsatmalar, topshiriqlar, didaktik mashqlar, dasr va darsdan tashqari mashg‘ulotlar maxsus kurs dasturining muzmuni tarbiyaviy jarayonlarning samaradorligini oshiradi. Buni amalga oshirgan statistik tahlillarmiz ham yaqqol ko‘rsatmoqda. Natijalar tajriba jarayonida bo‘lajak boshlag‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodiksini 12.3% ga ortganligini ko‘rsatadi. Statistik ko‘rsatkichlar tadqiqotga taklif qilingan respondentlar bilan ishlash jarayonining takomillashtirilgan didaktik va metodik ta’minoti maqsadga muvofiq rivojlanganligini dalolatlaydi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi: Talabalar tomonidan olib borilgan sinov darslarini video to‘plami yaratish va pedagogik amaliyot davrida ushbu video darslarni tahliliga ustuvorlik berish tartibini yo‘lga qo‘yish. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” modulini o‘qitish davomida umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Tarbiya” fani dasturi asosida dars ishlanmalar tanlovini muntazam o‘tkazib borish. Talabalarni umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanidan dars beruvchi o‘qituvchilarga biriktirish va ular tomonidan davriy-sinov darslarini o‘tish tartibini yo‘lga qo‘yish. Maktab o‘qituvchilarini universitetda olib boriladigan ma’ruza seminar mashg‘ulotlariga taklif qilish. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” modulini o‘qitish jarayonida maktabda o‘qitiladigan “Tarbiya” fani dasturida mavjud bo‘lgan mavzularga bog‘liq ravishda taniqli olimlar, shoirlar, mehnat fahriylari va fidoyi insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etish. Download 432.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling