Namangan Davlat Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti arx -au -21-guruh talabasi
Download 26.39 Kb.
|
dilrux
fondlashtirish – arxiv hujjatlarining fondlarga tegishliligini va arxiv fondlarining davriy chegaralarini aniqlash bo‘yicha ishlar majmui;
ekspert komissiyasi (EK) – korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya; ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) – davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni o‘tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo‘lgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya; arxiv hujjatlarini saqlash – arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar majmui. Arxiv hujjatlarining saqlanishini ta’minlash Arxivda arxiv hujjatlarini saqlash me’yoriy sharoitlarni yaratish, me’yoriy tartiblarga rioya etish va arxiv hujjatlari saqlovini to‘g‘ri tashkil etish, yo‘qolishi va o‘g‘irlanishini bartaraf etuvchi, shuningdek ularning normal fizik holatini saqlab turuvchi tadbirlar kompleksi orqali ta’minlanadi. Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari quyidagilar asosida ta’minlanadi: arxivlarga mos bino va xonalar ajratish; arxiv binolari va xonalarida maqbul (me’yoriy) yong‘inga qarshi, qo‘riqlash, harorat va namlik, yorug‘lik, sanitariya-gigienik sharoitlar yaratish; arxiv hujjatlarini saqlash va joyini o‘zgartirish uchun maxsus vositalarni (stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qo‘llanish. Arxiv arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binoda (yoki binoning alohida xonalarida), yong‘in kelib chiqishi xavfi bo‘lgan ob’ektlar (neft ombori, AYoQSh, avtoturarjoy, garaj va shunga o‘xshash boshqa joylar) va havoni ifloslantiruvchi sanoat ob’ektlaridan (agressiv gazlar, sement changi va boshqalardan) uzoqda joylashtiriladi. Arxiv binosi arxivning hujjatlarni saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan va ma’muriy-xo‘jalik, texnik, maishiy harakterdagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, xonalarni oqilona joylashtirish talablariga mos asosiy va yordamchi xonalar kompleksidan iborat bo‘ladi. Asosiy turdagi xonalarning tarkibi, joylashuvi, jihozlanishi arxiv hujjatlarining ular bilan ishlashning barcha uchastkalarida saqlanishini, ishlar texnologiyasi talablariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, shuningdek arxiv tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro oqilona hamkorligini ta’minlashi lozim. Asosiy maqsaddagi xonalarga quyidagilar kiradi: arxiv saqlovxonasi; arxiv xodimlarining ish xonalari; arxiv hujjatlarini qabul qilish va vaqtincha saqlash, maqbul iqlim yaratish uchun xonalar; zararlangan arxiv hujjatlarini izolyatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya qilish xonalari; arxiv hujjatlarini changdan tozalash, muqovalash va ta’mirlash xonalari; arxiv hujjatlari (mikro, ksero, foto nusxalarini olish, fotota’mirlash va boshqalar)dan nusxa olish va ta’mirlash, plyonkani qayta ishlash va audiovizual hujjatlarni texnik nazoratdan o‘tkazish xonalari; hisob hujjatlarini saqlash xonalari; o‘quv zali majmui (yig‘majildlarni berish maydonlari, ma’lumot-qidiruv vositalari - vaqtinchalik saqlovxonalar bilan); ilmiy-ma’lumotlar kutubxonasi; metodik kabinet; ko‘rgazma zali. Arxivlarni moslashtirilgan bino va xonalarda joylashtirish binolar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Ekspertiza binoning yong‘inga chidamlilik darajasini, asosiy konstruksiyalari va qavatlar orasidagi to‘siqlarni ularning potensial yuklamani hisobga olgan holdagi musahkamligini, bino xonalarining holatini (qavatlarda, yerto‘lada, chordoqda), isitish va ventilyatsiya tizimining mavjudligi va holatini aniqlaydi. Ekspertiza arxiv vakillari ishtirokida, tegishli organ va xizmatlar vakillarini jalb etgan holda o‘tkaziladi. Ekspertiza yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Arxivni mustahkam bo‘lmagan, yog‘ochdan qurilgan, asosiy, yertula va chordoq xonalari zax bo‘lgan, pech yordamida isitiladigan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Arxiv hujjatlarini saqlash uchun mo‘ljallangan moslashgan binolardagi xonalar shu binoning boshqa xonalaridan ajratilgan bo‘lishi kerak. Arxiv hujjatlarini umumiy ovqatlanish xizmati, oziq-ovqat omborlari, yong‘in chiqish xavfi kuchli bo‘lgan hamda agressiv moddalar yoki yong‘in chiqishi xavfi mavjud va kimyoviy texnologiyalar qo‘llaniladigan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Arxiv saqlovxonasi maksimal darajada arxivning laboratoriya, ishlab chiqarish, maishiy xonalaridan uzoqda joylashtirilishi va ular bilan umumiy ventilyatsiya kanallariga ega bo‘lmasligi kerak. Arxiv saqlovxonalarida suv ta’minoti va kanalizatsiya, suvni texnologik va maishiy chiqarish quvurlari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Arxiv saqlovxonasi tabiiy yoki sun’iy ventilyatsiyaga ega bo‘lishi kerak. Konditsionerlash tizimlari havoning almashish darajasi 2-3 bo‘lgan havoni resirkulyatsiyalash, muqim harorat va namlik rejimini ta’minlashi, havoni changdan va agressiv aralashmalardan tozalash, shuningdek zamonaviy ixchamlik va tejamkorlik talablariga javob berishi kerak. Download 26.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling