Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Tentak  To'ra boshchiligida qo'zg'olon


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

Tentak 
To'ra boshchiligida qo'zg'olon
ko'targan. Tez orada Turkiston 
yaqinida unga 12 ming qozoq ko'chmanchilari qo'shilgan.
-
6 3
-


Sayram qo'zg'olonchilar tomonidan egallanib, tayanch punktga 
aylantirilgan. Xon qo'shinlari kelayotganidan xabar topgan qo'z­
g'olonchilar ikki guruhga bo'linganlar: birinchi guruh Tentakto'ra 
rahbarligida Sayram qal'asi himoyasi bilan, ikkinchi guruh esa 
Chimkent qal'asi himoyasi bilan band bo'lganlar. Har ikki qal'a- 
lar xon qo'shinlari tomonidan qamal qilingan. Uzoq davom etgan 
qamaldan so'ng kelishuvga erishilgan. Shartnomaga ko'ra, qo'z­
g'olonchilar rahbari xon hokimiyatini tan olgan va o 'z o'g'lini 
poytaxtga garov sifatida jo'natishga majbur bo'lgan.
H. 
Bobobekov XIX asrning 20-yillarida Turkiston va Tosh­
kent oralig'idagi hududda Qobul boshchiligida qozoqlar qo'zg'o- 
loni bo'lib o'tganligi to'g'risida ma'lumot bergan
Q o'zg'olon Bog'istonda boshlangan. Umarxon qo'zg'olon- 
dan xabar topishi bilan Toshkentdan jazo otryadini jo'natgan. 
O g'ir janglardan so'ng qo'zg'olonchilar Bog'iston qal'asiga 
chekinganlar. Q al'a uzoq vaqt himoya qilingan. Xon qo'shinlari 
tomonidan qal'a zabt etilgach, Qobul Toshkentga olib kelinib, 
Chorsu maydonida qatl etilgan. Qo'zg'olon mag'lubiyatga uchra- 
gan bo'lsa-da, ko'chmanchi qozoqlar uchun katta ahamiyatga ega 
bo'lgan.
Xonlik qo'shinlari tomonidan bosib olingan Darvoz
Shug'non, Roshon kabi hududlar aholisi bosqinchilar tomonidan 
yangi soliq va majburiyatlar bilan og'ir ahvolga solingan. Qorate- 
gin aholisi ham shunday og'ir ahvolda edi. Natijada aholi 1839- 
yili qo'zg'olon ko'tarishga majbur bo'lgan. Madalixon Qorategin- 
ga jazo otryadini jo'natib, qo'zg'olonni bostirgan. Qorategin 
qo'zg'oloni haqida ma'lumotlar juda kam.
1841-yilda Qo'qonda ajoyib bir voqea bo'lib o'tgan. Bunday 
voqea tarixda kamdan-kam ro'y beradi. 1842-yil Buxoro amiri 
Qo'qon yerlarining bir qismini egallab, poytaxt yaqinida qarorgoh 
qurgan. Madalixon sulh tuzish maqsadida amir huzuriga o 'z o 'g 'li 
Muhammad Amin boshchiligida elchi jo'nat-gan. Nasrulloxon esa 
shartnoma tuzish uchun elchilarga shaxsan Qo'qon xoni 
Madalixonning o'zi kelishini aytgan. Madalixon saroy a'yonlarini 
maslahatga chaqirgan. Shu payt xon huzuriga Qo'qonda mashhur 
bo'lgan misgar hunarmand 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling