Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi omil.
- 1748-1749-yilgi qipchoqlar qozgoloni.
Soliq va majburiyatlar.
Xonlikda xuddi Buxoro va Xivada bo'lganidek, o'nlab soliqlar va majburiyatlar mavjud edi. Ma'lumki, soliqlar va majburiyatlaming ko'pligi hamda ularning tartibga solinmaganligi kambag'al tabaqaning yanada qashshoq- - 61 - lashuvi, xo'jalikning esa barbod bo'lishiga olib kelgan. Urush davrida esa bu ahvol yanada og'irlashgan. e) Tashqi omil. Chet davlatlaming xonlik ustiga bostirib kirishi aholining ikki tomonlama ekspluatatsiya qilinishiga olib kelgan, ijtimoiy ahvol ham og'irlashgan. Masalan, Buxoro amiri Nasrulloxonning yoki Rossiya imperiyasining bostirib kirishi. XVIII-XIX asrning I yarm idagi xalq h arak atlari. Qo'qon xonligida yuz bergan dastlabki qo'zg'olonlardan biri haqida V. P. Nalivkinning “Краткая история Кокандского ханства” asarida quyidagicha ma'lumot keltirilgan: “Tez orada Andijonda qo'zg'o lon boshlandi. Abdurahimbiy qo'shini bilan yetib keldi va qiyin- chiliksiz qo'zg'olonni bostirdi”. H. Bobobekov qo'zg'olon 1721- yili bo'lib o'tganligi va uning Abdurahimbiy tomonidan shafqat- sizlarcha bostirilganligi to'g'risida ma'lumot bergan. 1748-1749-yilgi qipchoqlar qo'zg'oloni. Ushbu qo'zg'olon Abdukarimbek davrida bo'lib o'tgan. Q o'zg'olon to'g'risidagi ayrim ma'lumotlar “Ansob us-salotin va tavarix ul-xavoqin” asa rida berilgan. Abdukarimbek davrida qipchoqlar da'vogar bo'li shiga qaramasdan davlat mansablariga o'zbek va tojiklar qo'yil- gan edi. Bu qipchoqlaming noroziligiga sabab bo'lgan. 1745- 1746-yillarda qalmiqlaming Farg'ona vodiysiga bostirib kirishi iqtisodiy ahvolni og'irlashtirgan. Qipchoq feodallari kambag'al- lami hukumatga qarshi tashviqot qila boshlagan. Bundan xon xabar topib qipchoqlarga qarshi tashviqot qilishga buyruq berdi. Natijada, bozor kuni aholi qipchoqlami qirg'in qilishni bosh lagan. Qochib qutulgan ayrim qipchoqlar voqeani o'z urug'- doshlariga yetkazganlar. Qipchoqlar Sayfiddin to'rani xon qilib ko'targanlar va hokimiyatni egallash uchun qo'shin tuzganlar. Tez orada ular To'raqo'rg'onni jangsiz egallagan. G'urumsaroy hoki- mi xavfni bartaraf qilish maqsadida qo'zg'olonchilarga qarshi yurish boshlagan. Qipchoqlar esa Namangan hokimidan yordam so'raganlar. Namangan hokimi ulami aldab, qo'zg'olon faollari- dan bir nechtasini qo'lga tushirib, xonga xabar bergan. Qo'zg'o- lonchilar shafqatsiz jazolangan. Norbo'tabiy 1763-yilda taxtga chiqqach, o 'z ukalarini bir necha viloyatlarga hokim etib tayinlagan. Lekin, O'ratepaga ho- kim etib jo'natilgan Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling