Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
Rentabellik - ishlab chiqarishni daromadliligini, foydaliligini, samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichdir. Agarda foyda ko’rsatkichlari korxonaning xo’jalik faoliyatini mutloq natijasini, samarasini ifodalasa, rentabellik ko’rsatkichlari - nisbiy samaradorlikni ifodalaydi. Rentabellik darajasi (R) turli usullarda hisoblanishi mumkin. U iqtisodiy-statistika tahlili oldiga qo’yilgan maqsad va nisbatning sur’ati va maxrajida tanlangan ko’rsatkichlarga bog’liqdir. Iqtisodiy-statistika tahlilida R ning quyidagi darajalari hisoblanadi (odatda % shaklida ifodalanadi).
Mahsulot (ish, xizmat)ni sotish (Ryaf) rentabelligi Bu ko’rsatkich yordamida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxining (ITX) 100 so’miga qancha so’m foyda olinganligi baholanadi. Bu ko’rsatkichni sof tushim bo’yicha ham hisoblash mumkin. Ya’ni: Asosiy faoliyat rentabelligi: Bunda ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlarining (Dx) 100 so’mga yalpi foyda va davr daromadi to’g’ri kelishi aniqlandi. Umumxo’jalik faoliyati rentabelligi: Sof foyda Rux = –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––– 100 Balans valyutasi, (barcha aktivlari o’rtacha qiymat) Bu ko’rsatkichda barcha avanslashtirilgan kapital (barcha aktivlar) ning samaradorligi baholanadi. Bu o’rinda iqtisodiy, moliyaviy tahlil va boshqa ilmiy-amaliy adabiyotlarda kitobdan-kitobga ko’chirilishi natijasida ba’zan bayon qilinayotgan Rз 爑€’– ™”Ћ”Ћ АСФ + МАФ + нМА 100 ishlab chiqarish fondlarining rentabelligi ko’rsatkichini aslo to’g’ri deb bo’lmaydi. Bu ko’rsatkich xalq xo’jaligi balansi (moddiy ishlab chiqarish sohasining primatligi) tamoyili asosida hisoblanardi va talqin qilinar edi. Ma’lumki, sof foydani shakllantirishda barcha iqtisodiy aktivlar (tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga tegishli faoliyat aktivlari) faol qatnashishi mumkin. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyatining natijasi (foydasi) ham mavjud bo’ladi. Nisbatning maxrajida moddiy aylanma fondlar (MAF)ning olinishi ham etarli emas. Rentabellikning bu ko’rsatkichida chetdan jalb qilingan va o’ziga tegishli (shirkat) aktivlar (kapital) dan foydalanish darajasiga baho berib bo’lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’ziga tegishli kapital samaradorligi, rentabelligi, ya’ni quyilgan kapitalini bir (100) so’miga olingan foyda darajasini baholash muhimdir. Bu masala ayniqsa investitsion loyihalarni moliyaviy baholashda juda katta ahamiyatga ega. Xo’jalik yurituvchi sof foyda sub’ektning o’ziga tegishli = –––––––––––––––––––––––––– 100 kapitali rentabelligi (Ro’k) o’ziga tegishli kapitalning o’rtacha qiymati Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni (BMTning MHT-93 tahririda “Nomoliyaviy korporatsiyalar) byudjet tizimi va nobyudjet fondlarining daromadlar qismini shakllantirishdagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda yangi ko’rsatkich - xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining byudjet samaradorligi - rentabelligini baholash ilmiy- amaliy ahamiyatga molikdir. Ishlab chiqarish va mahsulotga Xo’jalik yurituvchi solingan sof soliqlar va to’lovlar sub’ektning byudjet = –––––––––––––––––––––––––––––––100 rentabelligi (R) Balans valyutasi (barcha aktiv- larning o’rtacha qiymati Rentabellikning bu ko’rsatkichini hisoblash uchun zarur bo’lgan dastlabki buxgalteriya va statistika ma’lumotlarini to’plash uchun imkoniyat mavjuddir. Bunda ma’lumot manbai sifatida: xo’jalik yurituvchi sub’ektning Balansi (BHUT, OKUD bo’yicha shakl № 1) va hamda statistika hisoboti, forma (shakl) №f-1 va boshqalardan foydalanish mumkin. Ma’lumki, forma № f-1 ning II, III, V va VI bo’limlarida ishlab chiqarish va mahsulotga solingan soliqlar va to’lovlar hamda byudjet va nobyudjet fondlaridan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati uchun mablag’lar berilishi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Byudjet va nobyudjet fondlariga berilgan va olingan mablag’larning farqi ishlab chiqarish va mahsulotga solingan sof soliqlar deyiladi. Byudjet rentabelligi ko’rsatkichini xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning jami pul mablag’lariga nisbatan ham hisoblanishi mumkin. Bunda barcha pul mablag’larining qancha qismi soliqlar va to’lovlarga ketishi baholanadi. Bu ko’rsatgich (R) ni tarmoqlararo, hududlararo, mulk shakli va boshqa kesimlarda solishtirish hamda dinamikasini o’rganish va tahlil qilish mumkin. Iqtisodiyotning nodavlat sektoriga tegishli bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda 2003 yilda birinchi yarim yil investitsiyaning faqat 17,9 foizi davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan, qolgan 82,1 foizi boshqa manbalar: korxonalar mablag’lari 45,3%, chet el investitsiyalari va kreditlari 14,2%, aholi mablag’lari 11,8%, bank kreditlari va boshqa qarzlar 3,6 foizi moliyalashtirilgan. Bu raqamlar xo’jalik Ekonomika Uzbekistana №2 oktyabr 2003yil. yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy va sotsial rivojlanishining ichki imkoniyatlari qay darajda foydalanayotganidan dalolat beradi. Bu o’rinda rivojlangan mamlakatlarda qo’llaniladigan “Cash Floy (pul oqimi)ning miqdori va u asosida hisoblanadigan rentabellik ko’rsatkichni iqtisodiy-statistik tahlil qilish ahamiyatlidir. Bunda: Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling