Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet150/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Monetar oltin – bu mamlakatning pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi boshqaruv tashkilotlarida moliyaviy aktiv sifatida saqlanadigan oltin hisoblanadi.
Qolgan barcha korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar qo’llaridagi oltin va oltin buyumlari milliy hisoblar tizimida tovar yoki aylanma mablag’lar zaxirasi sifatida aks etadi.
Naqd pullar moliyaviy aktiv sifatida o’zining tarkibiga muomalada mavjud bo’lgan shu mamlakatning yoki boshqa mamlakatning barcha pul birliklarini oladi. Shu bilan birga mamlakatdagi muomalada bo’lmagan yubiley va kollektsiya tariqasida saqlanayotgan tangalar moliyaviy aktivning naqd pullar tarkibiga kirmaydi.
Depozitlar ham naqd pul singari to’lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bois ular M2-pul agregati orqali keng ma’nodagi pul massasi tarkibiga kiradi. Depozitlarni hisob raqamlaridan jamg’armada mavjud mablag’ doirasida naqd pul shaklida olib, ishlab chiqarishda ishlatish ham mumkin yoki hisob cheklari orqali foydalanish mumkin.
Qimmatli qog’ozlar (aktsiyalardan tashqari) qoidaga asosan moliya bozorlarida sotiladi va sotib olinadi hamda egalik qiluvchiga ma’lum pul daromadlari olish huquqini beradi. Bunday aktivlar guruhiga zayomlar, veksellar va qarz majburiyatlari (dolgovie ob’ezatelstva) kabilar kiradi.
Aktsiyalar va ishtirok etuvchi boshqa ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar egalik qiluvchining devidend olish huquqini tasdiqlovchi hujjat va yozuvlar sifatida kapitalda aksini topadi. Shuningdek korporativ korxonaning tugatilishi munosabati bilan barcha qarzlarini uzgandan keyingi qoladigan ma’lum qism mablag’lari ham shu jumladandir.
Texnik sug’urtalar rezervlari ham sug’urta polislari egalarining aktivlari va sug’urta kompaniyalari hamda pensiya fondlarining majburiyatlari hisoblanadi. (hayotni sug’urtalash yoki boshqa turdagi sug’urtalar bo’yicha)
Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari savdo kreditlari, avanslar va zarur moliyaviy resurslar olish manbalari sifatidagi moliyaviy aktivlar hisoblanadi.
To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari iqtisodiyotning har bir tarmog’i bo’yicha spravka tariqasida ajratib ko’rsatiladi, chunki bu investitsiyalarga tegishli moliyaviy aktivlar yoki majburiyatlar yuqorida ko’rsatilgan guruhlar tarkibida hisobga olinadi. (aktsiyalar, zayomlar va boshqalar). Biroq chet el investitsiyalari jami summasining alohida aniqlanishi aktiv va passiv balansining milliy hisoblar tizimidagi boshqa hisob raqamlari bilan bog’lanishi uchun, shuningdek, to’lov balansinini tuzish uchun kerak bo’ladi.
BMT ning MHT-93 bo’yicha iqtisodiy aktivlar va passivlar to’g’risidagi ko’rsatmalari ingliz, frantsuz, ispan va rus tillarida nashr etilgan. Unda iqtisodiy aktivlar va passivlarning standart tarkibi va hisoblash uslubiyati bayon qilingan. Shu nashr asosida MDH bo’yicha yagona informatsiya maydoni doirasida MDH Statistika komiteti 1994 yilda Milliy hisoblar tizimida milliy boylikni hisoblashga doir tavsiyanomalar ishlab chiqdi va MDH ga kiruvchi mamlakatlar statistika xizmatlariga foydalanish uchun yubordi. Bu tavsiyanomalarda MHT-93 da, milliy boylikning o’rni, kontseptsiyalari, tushunchalari, ta’riflari va klassifikatsiyalari bayon qilinadi. Shu nashrda MDHga kiruvchi mamlakatlar statistikasi faoliyatida milliy boylik statistikasi bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish masalasida takliflar bayon qilingan.
Milliy boylik statistikasini MHT-93 asosida tashkil etish va hisoblash ishlari MDH doirasida amalga oshirilmoqda va uni takomillashtirish ishlari davom ettirilmokda.

    1. Download 1.34 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling