Iqtisodiy aktivlar va milliy boylikning muhim elementi bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar – tabiiy kapitaldir. Oldinroq ta’kidlaganimizdek, BMT ning ishchi guruhi (Dj.Dikson va K.Xamilton) 1997 yil ma’lumotlari asosida jahonning geografik regionlari va mamlakatlari bo’yicha tabiiy kapitalning hajmi va strukturasini (qishloq xo’jaligi erlari, o’rmonlar va himoyalangan erlar, minerallar va boshqa er osti boyliklari) hisoblab chiqdi. Bu ma’lumotlar 12.8- jadvalda keltirilgan.
12.8-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tabiiy kapitalning jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi bo’yicha yaqin Sharq mamlakatlari (63,041 ming dollar) birinchi, so’ng Shimoliy Amerikada (15,424 ming dollar.), Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda esa 9,714 ming dollar to’g’ri keladi. Tabiiy in’omlar statistikada er osti boyliklari, er, o’rmonlar va boshqa turlarga ajratiladi. Er osti boyliklarining mo’l- ko’lligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi boy mamlakatlar qatoriga kiradi. Respublika Prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida bu haqda batafsil bayon qilingan. Respublika zaminida mashhur ximik Mendeleev D.I. (1834- 1907) ning davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlari topilgan. Agar 1935 yilda O’rta Osiyo Respublikalarining 3,2 foiz zamini geologik jihatdan batafsil o’rganilgan (Sobiq ittifoq bo’yicha 36,3%) bo’lib, unda “A” kategoriya (daraja) da o’rganilgan ko’mir zahirasi 75,5 mln. tonna, S2 kategoriyasi 4597,2 million tonna deb hisoblangan.
12.8-jadval Milliy boylikning hajmi, tarkibi va strukturasi (1997 yil)
Do'stlaringiz bilan baham: |