Ishning bajarilishi.
Har xil moylarning (pista, mashina, zig’ir moylari) etil spirtida yoki atsetonda 1%
- li eritmalari tayyorlanadi. eritmadan 3 ml. olib yaxshilab aralshtirib turib ustiga tomchilab suv qo’shiladi. Shu vaqtda bizga kerak bo’lgan moyni suvdagi M/S tipidagi suyultirilgan emul’siyasi hosil bo’ladi. emul’siya tomchilarining qanday zaryadlanganligi belgilanadi va emul’siyalarga tomchilab 0,1 N NaСl, 0,5 N ВаСl2, 0,001 N А1С13 eritmalaridan qo’shilganda qanday xodisa ro’y beradi ?
YUQORI KONTSENTRATSIYALI MUL’SIYALARNING EMUL’GATOR ISHTIROKIDA OLINISHI
Ishning bajarilishi. Jelatinaning 0,5% suvdagi eritmasi tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmadan 10 ml olib 40°S gacha qizdirilib, aralashtirib turilgan xolda oz- ozdan 15 ml gacha toluol yoki benzol qo’shiladi. emul’girlash to’xtagandan so’ng, 1-2 soat qo’yib qo’yiladi. Bu vaqtda emul’siya idishdan to’kilmaydigan darajada qotib qoladi. Agar mikroskop ostida bu emul’siyani ko’rilsa xuddi asalari iniga o’xshash bo’lib ko’rinadi. Bu emul’siyani isitilsa yoki chayqatilsa yana suyuladi. emul’siyaning bunday xususiyatlari gellarga o’xshash xossa tiksotrop xarakteriga ega ekanligidir. Hosil bo’lgan emul’siya toluolning yoki benzolning suvdagi emul’siyasidir. Hosil bo’lgan emul’siya tomchilarining tuzilish sxemasini chizing. 25 ml benzolga 0,5 g maydalangan kauchuk qo’shib 2-3 soatga tindiring. Qopqoqli tsilindrga tayyor bo’lgan eritmadan 10 ml quyib, ustiga aralashtarib turgan xolda 10 ml suv quying. Qanday tipdagi emul’siya hosil bo’lganini aniqlang.
Emul’siyaning mitsella tuzilishini yozing.
Topshiriq. Zol’, emul’siya va chin eritmalarning xossalarini solishtiring.
Natijalarni jadvalga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |