Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


 Qishloq xo’jaligining intensivlashtirish darajasi va iqtisodiy

bet82/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

13.3. Qishloq xo’jaligining intensivlashtirish darajasi va iqtisodiy 
samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar 
 


88 
Iqtisodiy fan intensivlashtirish ko’rsatkichlarini ikki guruhga bo’lib o’rganadi. Birinchi 
guruhga intensivlashtirish darajasini ifodalovchi ko’rsatgichlar kiritiladi. Bularga 
quyidagilar kiradi: 
1. Ekin maydoni birligiga to’g’ri keladigan asosiy aktivlar va aylanma mablag’larning 
miqdori. Bu xo’jalikda mavjud asosiy aktivlar va aylanma mablag’larning o’rtacha yillik 
qiymatini yer (ekin maydoni, haydalanadigan yerlar yoki qishloq xo’jaligi yerlari) 
maydoniga bo’lish bilan aniqlanadi. 
2. Bir birlik yer maydoniga to’g’ri keladigan joriy xarajatlar miqdori. 
3. Bir birlik yer maydoniga to’g’ri keladigan jonli va buyumlashgan mehnatning 
umumiy miqdori. 
4. Bir birlik yerga to’g’ri keladigan energetik quvvatlar miqdori. 
5. Har 100 gektar yerga to’g’ri keladigan chorva mollarining bosh soni. 
Ana shu ko’rsatgichlar tizimi intensivlashtirishning darajasini ifoda etadi. 
Intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlariga: 
1. Hosildorlik, ts/ga.
2. Mahsuldorlik, kg, bosh, dona. 
3. Er maydoni birligidan olinayotgan yalpi mahsulot. 
4. Bir birlik yer maydonidan olinadigan foyda miqdori. 
5. Mehnat unumdorligining oshishi. 
6. Mahsulot birligi tannarxining nisbatan pasayishi. 
7. Rentabellikning o’sishi. 
8. Fond qiymatining oshishi, kiradi.
 
13.4. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning asosiy yo’nalishlari 
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishni doimiy rivojlantirish talab etiladi. Qishloq 
xo’jaligida intensivlashtirish quyidagi asosiy yo’nalishlarda olib boriladi: kimyolashtirish – 
qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biridir.
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning boshqa bir yo’nalishi – ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishdir.
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning boshqa bir yo’nalishi ishlab chiqarishni 
elektrlashtirishdir. Elektr imkoniyatlaridan foydalanmasdan ishlab chiqarishning bugungi 
rivojini ko’rish mumkin emas. 
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini, bilimini oshirish ham 
intensivlashtirish yo’nalishlaridan biridir. Kadrlarning malakasini, bilimini oshirish 
iqtisodiyotni jadal va barqaror rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Xulosa qilib aytganda, yetishtiriladigan mahsulot miqdori va sifatini oshirishga
mehnat unumdorligi oshishiga ta’sir etuvchi barcha Fan, texnika va texnalogiya yutuqlarini 
ishlab chiqarishga joriy etish omillar e’tibordan qolmasligi va o’z o’rnida ishlatilishi lozim. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling