Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


 Qishloq xo’jaligi marketingi funktsiyalari

bet84/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

14.2. Qishloq xo’jaligi marketingi funktsiyalari 
Marketing funktsiyasi ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish faoliyati bilan boshqaruv 
kontseptsiyasi sifatida boshqaruvning barcha turlariga xos umumiy funktsiyalarga ega. 
Aynan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat marketing 
strategiyasi va dasturini ishlab chiqishni, marketing xizmatining strukturasini 
shakllantirishni, ular faoliyatini boshqa bo’limlar bilan muvofiqlashtirishni, marketing 
faoliyatini nazorat qilishni va uning faoliyatiga baho berishni ko’zda tutadi. 
Ayni vaqtda, barcha boshqaruv jarayonlariga xos bo’lgan bu asosiy funktsiyalar 
marketing faoliyati uchun maxsus bo’lgan funktsiyalar bilan konkretlashtirilgan va 
to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Unga analitik, tovar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish 
va aynan:


91 
 qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori, bozor muhiti vaiste’molchilar talablarini 
kompleks tarzda tadqiq qilish;
 bozorni segmentlash; 
 qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaligining ishlab chiqarish – sotishni tashkil 
etish imkoniyatlari tahlili; 
 maqsadli bozor tanlovi;
 tovar siyosati; 
 narx siyosati; 
 sotish (tarqatish) siyosati; 
 kommunikatsion siyosat (qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabni 
shakllantirish va sotishni rag’batlantirish)lar kiradi. 
Bozor, bozor muhiti iste’molchilar talablarini kompleks tarzda tadqiq qilish yoki 
analitik funktsiya – ko’p vaqt, moliyaviy va infarmatsion resurslarni hamda marketing 
bo’yicha mutaxasislarni yuqori tayorgarligini talab etadigan muhim ishdir. Bu tadqiqot 
quyidagi muhim yo’nalishlarni qamrab oladi: 
 marketing muhitini o’rganish: tadbirkorlik faoliyati geografik va demografik 
shartlarini, iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy, siyosiy – huquqiy, ijtimoiy – madaniy 
xususiyatlarini, shu bilan birga, raqobatchi, vositachi, yetkazib beruvchi qishloq xo’jaligi 
fermeri va shirkat faoliyatining maxsus xususiyatlari va ularning munosabatlari xarakterini 
bilish; 
 qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorining jami xususiyatlari tahlili: talab, taklif, 
sig’im, talab elastikligi, narx elastligi, raqobat darajasi; 
 muayyan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining iste’mol hususiyatlari va bozordagi 
harakati, shu bilan birga istemolchilar xohishi va ularning tovar haqidagi tasavvurlari tahlili; 
 bozorning qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaligi tarkibi tahlili: sotib oluvchi 
qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlar, raqobatchi qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlar, 
betaraf qishloq xo’jaligi fermeri va shirkatlarni ko’rib chiqish;
 savdo shakllari va uslublari tahlili; 
iste’molchilarni (individual va kollektiv) va ularning sotib olishdagi hatti – 
harakatlarini o’rganish. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori segmentatsiyasi marketing ishining tarkibiy 
qismi bo’lib, bozorni segmentlarga, yani bir xil talab xarkteriga ega bo’lgan iste’molchilar 
guruhi va qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaliklarining marketing tasiriga bo’lgan bir 
turdagi ta’siridir. 
Bozor segmentatsiyasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining individuallashtirish siyosati 
bilan bog’langan. Marketing yondashishi barcha iste’molchilarga hisoblangan standart, 
universal tovar tayorlash zaruratidan voz kechadi va biznesning optimalligini va raqobat 
afzalligi taklifini individuallashtirish va rang – barang qilishda ko’radi. 
Maqsadli bozorni tanlash – marketing tadqiqotlarining muhim urinishidir, chunki 
karxona faqat bozor ehtiyojini va o’z imkoniyatlarini aniqlabgina bozor talablarini o’z 
potentsiali va istiqbol rivojlanishi bilan moslashtira oladi va jamlangan marketing ishi 
uchun muayyan bir segmentni samarali ravishda tanlay oladi. 
Maqsadli bozorni tanlash bir tamondan, bozor segmentlari talablari baholanishi 
asosida, ikkinchi tamondan, qishloq xo’jaligi o’z imkoniyatlari asosida, ular o’rtasidagi 
muvozanat va balansni o’rnatish maqsadida quriladi. 
Maqsadli bozor shunday bozor segmentini, unda nafaqat raqobat afzalliklari, balki bir 
necha raqobat kamchiliklari ham shu qishloq xo’jaligi fermeri, shirkat va qishloq xo’jaligi 



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling