Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
etish usullari” fani alohida o’rin tutadi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda “Biznesni
tadqiq etish usullari” fanida o’rganiladigan mavzular va nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Biznesni tadqiq etish usullari - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, bozor konyukturasini o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Biznesni tadqiq etish usullari fani firma va korxonalarni bozorda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Biznesni tadqiq etish usullari 8 Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga biznes faoliyatini tahlil qilishning murakkab bo’lgan usullari orqali turli raqobat jarayonlarini, kon’yunkturaviy o’zgarishlarni yoritib berish, shu bilan bir qatorda biznes muhitini tashkil etish, iste’molchi xulq-atvorini modellashtirish, tovarning sifati, uning raqobatdoshligini ta’minlash, firmaning bozordagi strategiyalarini to’g’ri tanlash bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sog’lom raqobatni ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlarini, bozor kon’yunkturasini tahlil qilish yo’llari va usullarini, turli iqtisodiy matematik modellar yordamida tahlil qilish va prognozlashni amalga oshirish yo’llarini, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarni mantiqiy evristik va iqtisodiy matematik modellar orqali tahlil qilish amalga oshirish, firmaning bozor strategiyasini tanlash bo’yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o’rgatishdan iboratdir. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi. Talaba: - biznes jarayonining tahlili nazariy va uslubiy asoslarini; biznesni tadqiq etish modellarini; biznes jarayonining empirik tahlili usullarini; xalqaro va ichki bozorni segmentlash, baholarni shakllanishi va iste’molchilarga servis xizmat ko’rsatish strategiyalarini; biznes jarayonini prognozlash; tovar va xizmatlar sotilishini kengaytirish imkoniyatlari va uni raqobatga bardosh bera olish usul va yo’llarini bilishi va ulardan Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling