Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Biznesni tadqiq
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»”gi 2909-sonli Qarori. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017 yil 21 aprel. Biznesni tadqiq etish usullari 6 FANNING ME’YORIY-USLUBIY TA’MINOTI Biznesni tadqiq etish usullari 7 O’QUV DASTURI KIRISH Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha tanlagan strategiyamizni va Inqirozga qarshi qabul qilgan dasturimizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat va iftixor bag’ishlaydi, albatta. O’zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo’jalik yurituvchi sub’ekt anglab yetganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni kengroq jalb etish va baholash,ularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas. Sarmoyasiz taraqqiyotni amalga oshirib bo’lmaydi. Ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. CHetdan sarmoya va investitsiyalarning mamlakatimizga, o’lkamizga kirib kelishi uchun qulay sharoit va imtiyozlar tashkil etmasak, istiqboldagi strategik maqsadlarga erishib bo’lmaydi. Investitsion faoliyatni saarali amalga oshirish uchun investitsiyalarin baholash bo’yicha yetarli bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish kerak. Mamlakatni ijtimoiy, iktisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish va baholash nechog’lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyatini beradi. SHu boisdan investitsiyalarni baholash va investitsiyalar jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashda investitsiyalarni jalb qilish va baholash, uning ko’lamini kengaytirish bilan bog’liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishda “Biznesni tadqiq Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling