Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majmuaning asosiy maqsadi
Biznesni tadqiq etish usullari 4 MAJMUANING QISQACHA ANNOTATSIYaSI O’quv-uslubiy majmua – Namangan davlat universitetida bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichilarining O’quv rejalarida aks etgan fanlar bo’yicha professor-o’qituvchining dars jarayoniga o’quv-uslubiy tayyorligini tasdiqlovchi eng muhim mezon, me’yoriy-uslubiy hujjatdir. Majmuaning asosiy maqsadi – avvalombor fanning o’qituvchisi, xuddi shuningdek talaba uchun, fanni har tomonlama sermazmun, chuqur nazariy, uslubiy va amaliy tarzda yetkazish (talaba uchun – o’zlashtirish) uchun yagona o’quv-uslubiy va axborot-resurs manbaini yaratish hisoblanadi. O’quv-uslubiy majmua Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, u jumladan quyidagi tarkibiy tuzilishga ega: fanning me’yoriy-uslubiy ta’minoti, fanning mazmuni va axborot-resurs ta’minoti, fanni o’qitishning interaktiv texnologiyalari, talabalarning bilimini baholash uslubiyoti, qo’shimcha elektron ta’lim resurslarini o’z ichiga olgan. Ilg’or xorijiy tajriba bilan uzviylik. Mazkur majmua ilg’or xorijiy tajribani keng o’rganish, umumlashtirish va undan ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarorda “O’quv mashg’ulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yo’naltiradigan o’qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e’tiborni talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog’liq mexanizmlarni amalga oshirishga qaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilangan. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 20 aprelda imzolangan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»”gi qarorda “har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy- ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor- 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qaror. www.lex.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling