Biznesni tadqiq etish usullari
5
o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish”2 vazifalari
alohida ta’kidlangan.
Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta’lim va
tadqiqotlarning mazkur axborot-resurs manbaini ishlab chiqishda Dankin
Universiteti, Massachusets Texnologiya instituti va Nyu-York Davlat Universiteti
(AQSH), Oksford Universiteti, Bat Universiteti va London Metropoliten
Universiteti (Buyuk Britaniya), Bremerxafen Universiteti (Germaniya), Vaseda
Universiteti (Yaponiya), Kemyong Universiteti (Koreya Respublikasi), SHanxay
Universiteti (XXR) va boshqa yetakchi xorijiy universitetlar boy ijobiy tajribasidan
samarali foydalanildi.
Majmuani takomillashtirish masalalari.
Elektron o’quv-uslubiy majmua o’quv yili mobaynida xalqaro va milliy
iqtisodiyot tizimidagi o’zgarishlar va tendentsiyalar, yangi qabul qilingan qonunlar,
farmonlar va qarorlarni, xorijda va respublikada chop etilgan yangi o’quv va ilmiy
adabiyotlarni, fan-texnika va texnologiya borasida erishilgan yangi yutuqlarni
hisobga olgan holda muntazam takomillashtirilib boriladi.
“Biznesni tadqiq etish usullari” fani o’z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
- birinchidan, biznes jarayoni, uning mohiyati va tashkil etuvchilarining
xususiyatlari, biznes sub’ektlari o’rtasida sog’lom raqobatni ta’minlashning o’ziga
xos xususiyatlarini o’rganish;
- ikkinchidan, biznesni tadqiq etishning zarurligi va uning xususiyatlarini
aniqlash;
- uchinchidan, biznes muhitini tahlil qilish, uning usullari va printsiplarini
bilish;
- to’rtinchidan, biznes kon’yunkturasini tadqiq qilish, axborotlar bazasini
tashkil etish, tadqiqot usullarini, jumladan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar
bozorida vujudga kelishi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarni mantiqiy evristik va
iqtisodiy matematik modellar orqali tahlil qilish va prognozlashni amalga oshirishni;
- beshinchidan, biznesni tadqiq etish asosida samarali strategiyani tanlash
bo’yicha qaror qabul qilishni o’rganadi.
SHuningdek, “Biznesni tadqiq etish usullari” fani fundamental fanlardan biri
bo’lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |