Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
65 barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan holatlar davlat boshqaruvi tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni isloh qilish sharoitida resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlovchi, loyiha boshqaruvi printsiplariga asoslangan qarorlar qabul qilish mexanizmlarini ishlab chiqish va nazorat qilishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etishni talab qiladi. Ushbu kamchiliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 24 iyulda “O’zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu farmonga asosan davlat dasturlari amalga oshirilishini, moliyaviy mablag’lar sarflanishini boshqarish mexanizmlarining samaradorligi va shaffofligini yanada oshirish, shuningdek 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi yaratilishi nazarda tutilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish qulay investitsiya muhiti yaratish va bu bo’yicha aniq maqsadga qaratilgan siyosat olib borishni taqozo etadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi maxsus investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etishga qaratilishi lozim. Harakatlar strategiyasida 2017- 2019 yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlari hisobiga 2,97 mlrd. doll.ni jalb qilish, Islom taraqqiyot bankining 1,0 mlrd. doll.dan kam bo’lmagan miqdorda kreditlarini jalb qilishni ko’zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Joriy 2019 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish orqali 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o’zlashtirilishi nazarda tutilgan. Meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha, rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo’yicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha, kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo’yicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha, uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo’yicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha, tayyor charm- poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo’naltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta loyiha, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo’yicha 151 mln. dollarlik 29 ta loyiha, tayyor to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo’yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha shular jumlasidan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o’rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishga asos bo’ladi. Tabiiyki, mavjud vaziyat yaratilayotgan shart-sharoitlar natijasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taqoza qiladi: xususiylashtirilgan korxonalar ishining samaradorligini ularni xususiylashtirilgandan keyin qo’llab-quvvatlash; iqtisodiyot tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish hisobiga yangi ish o’rinlari, ayniqsa qishloq joylarda, barpo etish; ichki bozorni mahsulot bilan to’ldirish va mahsulotlarning eksportbopligini oshirish maqsadida raqobatli bozor muhitini yaratish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling