Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
80 
2.1.-rasm. Talab va taklif muvozanati grafigi.
35
 
Albatta, bu yerda ko’p muammolar tug’iladi. Masalan, modelni qanchalik darajada 
soddalashtirish mumkin. O’ta soddalashgan model qo’yilgan talablarga javob bermasligi 
mumkin va uning yordamida qilingan hisob-kitoblar noto’g’ri chiqishi mumkin. O’ta 
murakkab model, masalani yechish jarayonida ko’p qiyinchiliklar tug’diradi. SHuning 
uchun modelga faqat ob’ektni eng asosiy xarakterli, muhim omillarini kiritish zarur. 
II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga tajribalar qilish uchun keng maydon tug’iladi. 
Modelning parametrlarini bir necha marta o’zgartirib, ob’ektni faoliyatini eng optimal 
holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo’llash mumkin. Real ob’ektlar ustida tajriba qilish 
ko’plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. 
III. Model, noshakl tizimni, matematik formulalar yordamida shakllantirishga 
imkoniyat beradi va EHMlar yordamida tizimni boshqarishga yordam beradi. 
IV. 
Modellashtirish o’rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish 
uchun ob’ekt har tomonlama o’rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so’ng, uning 
yordamida ob’ekt to’g’risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. SHunday qilib, ob’ekt 
to’g’risidagi bilish jarayoni to’xtovsiz jarayonga aylanadi. 
 
3.2. Model turlari. Iqtisodiy-matematik masalalarning
tasnifi 
Modellashtirish usuli istalgan tabiatli ob’ektlarni tekshirish uchun qo’llanilishi 
mumkin bo’lganidek, o’z navbatida istalgan ob’ekt modellashtirish vositasi bo’la oladi. 
Iqtisodiy jarayonlar va ko’rsatkichlarni modellashtirishda turli xil usullardan foydalaniladi. 
Ushbu usullar yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo’lish mumkin: 
Moddiy modellar va ideal modellar.
Moddiy modellar real ob’ektlarni tabiiy va sun’iy materiallar yordamida aks ettiradi: 
bo’r bilan doskada, karton bilan maket tuzish, qalam bilan formula yozish, metalldan 
aviamodel yasash. 
Ideal modellar odamni fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog’langandir. Bunday 
modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi. Misol qilib, hayvonlarning harakatini 
keltirish mumkin. 
Moddiy modellar o’z o’rnida fizik va belgili modellardan iborat. 
35
John E. Hanke, Arthur G. Reitsch, Dean W. Wechern. Business forecasting. Seventh edition. 2010 by Pearson 
Education, Inc.p. 49 
John E. Hanke, Arthur G. Reitsch, Dean W. Wechern. Business forecasting. Seventh edition. 2010 by Pearson 
Education, Inc.p. 45 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling