Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

muddatli murakkab jarayondir.
 
II. O‘quvchi shaxsini tarbiyalashda sinf (guruh) jamoasining o‘rni. Bola 
yoshligidan o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda 
tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga 
borliqni anglash uchungina emas, balki o‘zligini anglash uchun ham imkoniyat 
yaratadi. Bolaning jamoa orasida bo‘lishi, jamoa ta’sirida shakllanishi unda 
ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi. 
Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori 
baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan 
o‘zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi 
va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni 
tarbiyalashda u mansub bo‘lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni 
ta’kidlaydi. 


141
Abu Nasr Forobiyning fikricha, inson boshqalar bilan munosabatda bo‘lish, 
ularning yordami va qo‘llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu 
ehtiyojni qondirish yo‘lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb 
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o‘zaro yordam, 
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o‘rnini 
belgilab beradi. 
 
III. Jamoa an’analari – tarbiyaviy ta’sir vositasi sifatida. O‘quvchilar 
jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an’analari – jamoa 
a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularda 
munosabatlar xususiyati va jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi (21-rasm): 
Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam 
turlari) va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va 
boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. 
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar 
bilan bog‘liq sanalar (xususan, “Alifbe bayrami”, “Mustaqillik bayrami”, “Navro‘z 
bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni” va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil 
etilgan faoliyat kiradi. 
O‘quvchilar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy 
yo‘lboshchilarning mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Odatda rasmiy yo‘lboshchilar 
tarkibini a’lo baholarga o‘qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi 
o‘quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon 
etmasalarda, ayrim sifatlariga ko‘ra tengdoshlarini o‘z ortlaridan ergashtira 
oladilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa o‘quvchilarga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari va maktab pedagogik jamoasi bunday liderlar 
faoliyatini doimiy nazorat qilib borishlari zarur. 
O‘quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik sinf rahbari tomonidan amalga 
oshiriladi. Shu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining 
individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi 
zarur
111


Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling