143
ishtirok etgan o‘quvchilar nomlarining qayd etilishi ularda o‘ziga bo‘lgan hurmatni
qaror
toptiradi, o‘z kuchi va imkoniyatiga ishonchni oshiradi. Shu tarzda jamoa
a’zolarining xulq-atvori
shakllanishiga erishiladi, o‘zaro munosabatlar
tartibga solinadi.
Jamoaning
tarbiyaviy imkoniyati, birinchi navbatda,
uning birligi, axloqiy
yo‘nalishi hamda sosiometriyasida ko‘zga tashlanadi. Bunda o‘quvchilarning
fikrlari, borliqqa bo‘lgan
munosabatlari, hayotiy pozisiyalari,
xohish-istaklari,
qiziqish va ehtiyojlari jamoaning umumiy maqsadlariga mos kelishi nihoyatda
muhim sanaladi.
Aks holda jamoada parokandalik, tarqoqlik ro‘y beradi,
nosog‘lom muhit shakllanadi.
V. O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash va bu
jarayonda qo‘llaniladigan tashxislovchi metod va metodikalar. Pedagogik
diagnostikada o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy
imkoniyatlarini aniqlash va
baholashga yordam beradigan tashxislovchi metod va metodikalardan
ham foydalaniladi. Ular orasida “Nima muhimroq?”, “Jamoadagi psixologik
muhitni baholash” va “O‘quvchilar soni – intellektual imkoniyatlar ko‘rsatkichi”
nomli metodikalar alohida o‘rin tutadi. Ayni o‘rinda ushbu metodikalarning tavsifi
to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: