I. “Bizning munosabatlarimiz” metodikasi (L.M.Fridmana)
Maqsad: o‘quvchilarning sinf jamoasining turli faoliyatidan qoniqish
darajasini aniqlash.
Metodika bilan ishlash: O‘quvchiga sinf jamoasining mavjud holatini
baholashga oid oltita fikrni tasdiqlash so‘raladi. Javob qaytarishda o‘quvchining
fikriga mos kelgan va u tomonidan tasdiqlangan fikr qayd qilingan tartib raqamni
yozish mumkin. Anketa bilan ishlash jarayonida, shuningdek, bir-biriga qarama-
qarshi fikrlar ham yuzaga kelishi mumkin.
O‘quvchiga tasdiqlash uchun taklif qilingan oltita fikr taklif qilinadi:
1-variant. Sinf jamoasining ahil yoki noahilligini aniqlash.
1. Sinfimiz juda ahil va jips.
2. Sinfimiz ahil.
3. Sinfimizda tortishuvlar bo‘lmaydi, biroq, har kim o‘zi bilan o‘zi ovora.
4. Sinfimizda ba’zan tartishuvlar bo‘lib turadi, ammo, uni “ziddiyatli sinf”
deb atab bo‘lmaydi.
5. Sinfimiz ahil emas, tez-tez janjallar yuzaga keladi.
6. Sinfimiz mutlaqo ahil emas, bunday sinfda o‘qish qiyin.
2-variant. Jamoa a’zolarining bir-birini
tushunish olish hissiga egaligini aniqlash
1. Garchi bu so‘ralmasa ham, sinfimizda bir-birimizga yordam beramiz.
2. Sinfimiz o‘quvchilar faqat o‘ziga do‘st deb bilganlarga yordam beradi.
3. Sinfimizda, qachonki, o‘quvchining o‘zi yordam so‘rasa, shundagina
yordam ko‘rsatiladi.
4. Sinfimizda, qachonki, o‘qituvchimiz buni so‘rasa, bir-birimizga yordam
beramiz.
5. Sinfimiz bir-biriga yordam berishga odatlanmagan.
6. Sinfimizda bir-biriga yordam berish inkor qilinadi.
Natijalarni qayta ishlash. Ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan tasdiqlangan fikr
sinf jamoasining bir-biriga bo‘lgan munosabatlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bir
vaqtning o‘zida o‘quvchi tomonidan bildirilgan fikr uning jamoadagi mavjud
munosabatlar tizimida o‘zini qanday his qilishidan dalolat beradi.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |