Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
IV. Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalashga pedagogik yondashish
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
IV. Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalashga pedagogik yondashish.
Pedagogik diagnostikada pedagogik og‘ishni korreksiyalash masalasining o‘rganilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalash – shaxsning jamiyat tomonidan tan olingan va ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan ma’naviy-axloqiy qoidalar, me’yorlarga rioya etmasligi kabi nuqsonlarni tuzatish. O‘quvchilarda me’yordan xulqiy og‘ish holatini korreksiyalashda ma’lum shartlarga rioya qilish talab qilinadi: muloqot jarayonining samimiy bo‘lishiga erishish; o‘quvchining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, qiziqishlarini rivojlantirish; ruhiyatdagi deformatsiyalarni qayta tiklash choralarni belgilash; ijobiy fazilatlari yanada boyitish, liderlik sifatlarini rivojlantirish; o‘quvchining xulqi yaqqol namoyon bo‘ladigan vaziyatlarda uni qo‘llab- 190 quvvatlash va rag‘batlantirish; o‘quvchi tomonidan hayotiy tajribaning to‘planishiga imkoniyat yaratish; o‘quvchining salbiy odatlarni jamoada va jamoa ta’sirida yo‘qotib borish. Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchining me’yordan xulqiy og‘ishi, asosan, quyidagi to‘rtta usul yordamida tuzatiladi (32-rasm): O‘quvchining me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalashda bir nechta ijobiy xarakterdagi pedagogik texnikalarni qo‘llash talab qilinadi. Ular: o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam berish, ular o‘rtasida hissiy aloqani o‘rnatish (mehribonlik, e’tibor ko‘rsatish va hamda g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishiga erishish; o‘quvchiga biror topshiriqni buyruq ohangida bermaslik, aksincha, “iltimos” deb murojaat qilish; o‘quvining ijobiy xulqini rag‘batlantirish; o‘qituvchi, ota-ona tomonidan noto‘g‘ri yo‘l tutilgan holatlarda kechirim so‘rash; o‘quvchining muammolariga nisbatan hamdardlikni namoyon qilish; uning biror-biri ishi uchun kafil bo‘lish; ta’lim muassasasi hamda uy sharoitida o‘quvchini ma’naviy-axloqiy ta’sirga ega ish jarayonlariga jalb qilish; u tomonidan ijobiy hayotiy tajribalarni to‘planishi uchun zarur sharoitni yaratish (unga ishonch bildirish, ma’naviy qo‘llab- quvvatlash hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, o‘quvchini qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulotlarga jalb qilish; turli ijobiy ta’sirga ega omillar yordamida o‘quvchida yuksak insoniy his-tuyg‘ularni uyg‘otish; unda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantiradigan hamda rivojlantiradigan mashq va treninglarni tashkil qilish); o‘quvchining his-tuyg‘ulari hamda qiziqishlari dinamikasini anglash hamda tushunish (vositachilik, “yon tomondan yondashish” (o‘quvchining kamchilik va nuqsonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qilmay, aksincha, unda ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otuvchi omillardan foydalanish orqali tushuntirish; o‘quvchining hali namoyon bo‘lmagan ijobiy ichki his-tuyg‘ularini faollashtirish). Xulqiy og‘ish nuqsonlarini korreksiyalashda samaradorlikka faqat Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling