ijtimoiy topshiriqni bajarishga o‘quvchining ichki imkoniyatini safarbar
qilish – buning natijasida o‘quvchining ichki imkoniyatlari yuzaga chiqadi,
ijtimoiy-foydali ko‘nikma, malakalar o‘zlashtiriladi, unda ijtimoiy topshiriqlarni
bajarishga nisbatan ehtiyoj yuzaga keladi;
hayotiy maqsadni aniqlashtirishga bo‘lgan intilishni faollashtirish – bunda
o‘quvchi bilan birgalikda kundalik faoliyat tartibi (boshlangan ishni oxiriga
yetkazish, bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarmaslik, har qanday ishni sifatli
bajarish, uning samaradorligini baholash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish);
o‘rin almashtirish – o‘quvchi faoliyatidagi doimiy muvaffaqiyatsizlik
negizida yutuqlarga erishishni ta’minlash;
o‘quvchining qadr-qimmatini rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi hurmat qilishini
yoqlash – unga imkoniyatlariga mos keladigan faoliyat turini taklif qilish,
muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlash,
qiyin vaziyatlarga ko‘mak berish;
talabchan ohangda ishonch bildirish – bunda o‘quvchiga ijtimoiy
topshiriqni bajarish muhimligini tushuntirish bilan birga uning yondashuvi qo‘llab-
quvvatlanadi, bu faoliyatda o‘quvchining u tomonidan nimaningdir o‘zlashtirib
olishga bo‘lgan umidi mustahkamlanadi;
o‘quvchini ijtimoiy faoliyatga jalb qilganda izchillikka erishish – bunda uning
faoliyati rag‘batlantiriladi – e’tirof qilinadi – qo‘llab-quvvatlanadi, e’tirof qilinadi
– topshiriqni bajarish, ijtimoiy-foydali ish jarayonida ixtiyoriy qatnashishi
yuzasidan qaror qabul qilishiga imkon beriladi
129
.
Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchining salbiy nuqsonlarini
bartaraf qilish muayyan tamoyillarga muvofiq tashkil qilinadi. Ular (33-rasm):
129
Липина С.И. Коррекция отклоняющегося поведения подростков //
https://urok.1sept.ru/ articles/ 635871
.
Do'stlaringiz bilan baham: |