Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

 
 


72
II. BOB. PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING AMALIY ASOSLARI 
7-mavzu. O‘quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasi 
 
Reja: 
1. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning ta’lim jarayonini tashxislashdagi 
o‘rni. 
2. P.I.Tretyakovning “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” metodikasi. 
3. G.A.Russkiy tomonidan asoslangan “O‘quvchilarning o‘quv materiallari 
matni bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” kabi metodikasi. 
Tayanch tushunchalar: metod, tashxis metodi, metodika, tashxislovchi 
metodika.
 
I. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning ta’lim jarayonini 
tashxislashdagi o‘rni. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida pedagogik 
diagnostikani tashkil qilishda tashxislovchi metodlar bilan birga psixologik-
pedagogik xarakterga ega mualliflik metodikalari ham qo‘llaniladi.
Psixologik-pedagogik diagnostika metodikalari shaxsning individual 
psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini 
o‘lchash hamda baholashga qaratilgan faoliyatning shakl, metod va 
vositalari yig‘indisi. 
Psixologik hamda pedagogik adabiyotlarning aksariyatida tashxislash 
maqsadida qo‘llaniladigan barcha psixologik-pedagogik metodikalar bir nom bilan 
“psixologik testlar” deb nomlanadi
63
. Metodikalarning bunday nomlanishi xato. 
Zero, metodikalar sifatida birgina testlardan foydalanilmaydi. Qolaversa, 
“metodika” tushunchasi negizida faqatgina metodlar ifodalanmaydi. Shu sababli 
ayni o‘rinda “metodika” tushunchasining mohiyatinitushunib olish talab qilinadi. 
Metod (yun. “methodos” — put issledovaniya ili poznaniya) – ta’lim 
(tarbiya) maqsadiga erishishning yo‘li, usuli; “doimiy ravishda 
rivojlanib va shaklan o‘zgarib boradigan usul yoki uslublar, usullar va 
qadamlar, harakatlar”
64
.
 
E
timologik nuqtai nazardan “metodika” tushunchasi “metod” + “ika” 
qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan. Rus tilida “ika” (eka, teka, dika) 
qo‘shimchasi “saqlanadigan joy”, “jamlanma” ma’nolarini bildiradi. Masalan, 
Biblioteka – Bibliyalar saqlanadigan joy; kartoteka – yig‘ilib, tartiblangan, 
mazmun bo‘yicha ajratilgan ma’lumotlar qayd qilingan bir xil hajmdagi kartochka 
yoki varaqalar jamlangan joy; metodika – metodlar jamlanmasi.
Biroq, ayni o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, metodika faqatgina metodlar 
yig‘indisidan tashkil topmaydi. Nazariy jihatdan metodika muayyan maqsadga 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling