Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
II. P.I.Tretyakov
68 ning “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” nomli metodikasi o‘quvchilar uchun turli murakkablik darajasidagi mustaqil ishlarni bajarish ko‘nikmasini egallaganlikni namoyish qilish, bilish faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatishga doir dasturlarni loyihalash imkoniyatini yaratish maqsadini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining o‘zi o‘zlashtirgan ilmiy bilimlar tizimi asosida ma’lumotlarni: 1) farqlash; 2) yodda saqlash; 3) qayta yodga olish; 4) amalda qo‘llash; 5) ijodiy ishni namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. Metodika o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari (BKM)ni baholash maqsadida ularning e’tiboriga quyidagi mazmunga ega mustaqil ishlarini tavsiya etishi maqsadga muvofiq ekanligini nazarda tutadi: 66 Пудочкина Т.С. Педагогическая диагностика: инструментарий, организация, проведение, обработка и использование результатов // www/openclass/ru/node/249066. 67 Криллова А.В. Повышение эффективности и качества урока на этапе закрепления материала / http://kirillova.nsknet.ru/metodika-prepodavanija-anglijskogo-jazyka-v/povyshenie-effektivnosti-i- kachestva-uroka.. 68 Пудочкина Т.С. Педагогическая диагностика: инструментарий, организация, проведение, обработка и использование результатов // www/openclass/ru/node/249066. 75 № Topshiriqlar mazmuni BKMni o‘zlashtirish darajasi 1 2 3 1. Taqqoslang, tanlang, qiyoslang, ortiqcha ... ni toping 1-daraja: farqlash 2. Qayta tasvirlang, chizing, yozing, o‘rtog‘ingizga qayta hikoya qilib bering 2-daraja: yodda saqlash 1 2 3 3. Nega, nima uchun, nima bilan bog‘liq, sabab-oqibat aloqasini toping, nima umumiy bo‘lishi mumkin, yagona birlikni toping, umumlashtiring 3-daraja: qayta yodga olish 4. Namuna bo‘yicha, qoidaga muvofiq, formula asosida bajaring, aytib bering, nimadir nima bilan qiyoslang, qandaydir xossasini aniqlang 4-daraja: amalda qo‘llash 5. Ijod qiling, o‘ylab toping, loyihalashtiring, modellashtiring, isbotlang, yechimini toping 5-daraja: ijodiy ishni namoyish qilish O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyati, ijodiy ishlarini baholash uchun metodikani qo‘llash avvalida ularning e’tiborlariga o‘zlashtirganlik darajasi va ularga qo‘yiladigan baho ko‘rsatkichlarini ifodalovchi quyidagi mezonlarni havola etishi lozim: Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling