74
ishonchlilik;
haqqoniylik.
2. Kam darajada rasman e’tirof qilingan metodikalar. Ularga
quyidagilar
kiradi: pedagogik-psixologik kuzatish;
suhbatlar; faoliyat natijasida yaratilgan
mahsulotlarni tahlil qilish. Pedagogik jarayonda
bu turdagi metodikalardan
foydalanish bir muncha qiyin kechadi. Masalan, psixologik-pedagogik kuzatish
ba’zan bbir necha oy davomida olib boriladi. Kam darajada rasman e’tirof qilingan
metodikalarni rasman e’tirof qilingan metodikalarga qarama-qarshi qo‘yish
mumkin emas. Zero, ular bir-birini to‘ldiradi. Tashxislashni to‘laqonli amalga
oshirish uchun har ikki guruhga kiruvchi metodikalarni birgalikda qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Misol uchun test natijalarini tahlil qilishda qo‘shimcha
ravishda intervyu, suhbat va psixologik-pedagogik kuzatishdan iborat metodikadan
foydalanish yanada samarali hisoblanadi.
Ta’lim jarayonini samarali tashxislovchi metodikalar orasida bugungi kunda
P.I.Tretyakov
66
tomonidan asoslangan “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” va
G.A.Russkiy
67
tomonidan ishlab chiqilgan “O‘quvchilarning o‘quv
materiallari
bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” kabi metodikalar alohida
o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: