76
III. G.A.Russkiy
69
ning “O‘quvchilarning o‘quv materaillari bilan mustaqil
ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” metodikasi o‘zida o‘quvchilar
tomonidan mavzu bo‘yicha bilimlar tizimini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash va
ularning bilish faoliyatini takomillashtirish, to‘g‘rilashga
imkon beruvchi
individual dasturlar loyihasini tuzishdan iborat maqsadni ifodalaydi.
Bilim – ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, usiz
maqsadga muvofiq harakatlarni tashkil etish mumkin emas. Bilimlar tizimining
asosiy vazifasi – borliqning umumiy
manzarasini hosil qilish, bilish, amaliy va
ijtimoiy faoliyat vositasi bo‘lishdan iborat. Didaktikada
bilimlar tizimi ikki katta
guruhga ajratiladi. Ular:
1) amaliy bilimlar (tushunchalar, raqamlar, dalillar, tasavvurlar);
2) nazariy bilimlar (atamalar, sabab-oqibat aloqalari,
qonuniyatlar, qonunlar,
tamoyillar, nazariyalar).
Murakkablik vektori atamalardan qonunlar va nazariyaga tomon boradi.
Metodikani qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilayotgan
mavzu
bo‘yicha bilimlar tizimi tuzilishiing mantig‘ini ifodalovchi savollarni taklif qiladi.
Ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: