Namangan davlat universiteti sharipjonov muhiddin shokirjon o’G’lining «oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari» mavzusidagi


Taviriy sanhatda hajmlar muhim o’rin tutadi.  Zero


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1466498
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
oliy pedagogik talimda tasviriy sanat darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari

Taviriy sanhatda hajmlar muhim o’rin tutadi.  Zero, har bir buyum 
o’zining hajmiga yega. Uning hajmi qirralari, balandligi, bo’yi va yenining 
mavjudligi bilan belgilanadi. Agar buyumning hajmi to’g’ri chiziqlardan iborat 
bo’lsa, uning hajmi ham tekis yuzadan iboratdir. Egri chiziqlardan tashkil 
topgan buyumlar (shar, konus, tsilindir va boshqalar) ancha hajmdor 
hisoblanadi. Yuqorida sanab o’tilgan mashqlarni to’g’ri bajarish 
kontur
1
chiziqlar vositasida amalga oshiriladi. Kontur chizig’ining buyum 
shaklini namoyon yetishda ahamiyati benihoyat katta. Buyumning tuzilishi, 
harakati, nisbatlari, uning qanday materialdan tuzilganligini va boshqalarni 
tasviriy ifodalashda rassom kontur chiziqlardan foydalanadi. 
Buyumning konturlari to’g’ri chiziqlardan iborat bo’lsa (kub, piramida, 
prizma va boshqalar), uning hajmlarini bajarish to’g’ri chiziqlar vositasida 
amalga oshiriladi yoki uning konturlari yegri chiziqlardan iborat bo’lsa, 
hajmlilik yellips, aylana shakllar orqali amalga oshiriladi. 
Buyumni hajmdor tarzda tasvirlash, uning qanday shaklga yega 
yekanligiga va uni to’g’ri tuslash orqali bajariladi. Qirrali buyumlarda, masalan, 
kub hajmini to’g’ri tasvirlashda ko’pincha talabalar xatolikka yo’l qo’yadilar. 
Ko’pgina holatlarda talabalar shakllarni tasvirlashda masalan, kubning 
hajmini yorug’ soyalar vositasida bajarish jarayonida uni yanada yorqinroq aks 
yettirish uchun uning qirralarini kontur chiziq bilan alohida bo’rttirib 
ko’rsatadilar. Bu yesa mutlaqo noto’g’ri. Tabiatda yesa qirrali buyumlar 
yuzalarining bir-biridan tus jihatidan och va to’qligi bilan belgilanadi. 
Faqatgina kub yoki boshqa qirrali buyumlarning soya qismidagi qirrasi yorug’ 
qismidagi yuzaga yaqinroq yerida tus jihatdan kuchliroq yekanligi bilan 
farqlanadi. 
1
Контур – (Французча KONTOUR) буюм шаклини акс этувчи чизи³ деб юритилади. 


20 
Dumaloq shaklli buyumlarni hajmlarini yellips, aylana chiziqlar orqali 
bajariladi. Tasvirlashda dumaloq hajmga yega buyumlarning yekvator qismi tus 
jihatdan kuchliroqdir. Qirrali buyumlarda bo’lgani kabi sharsimon buyumlarni 
tasvirlashda ham uning chetlari quyuq kontur chiziq bilan amalga oshirilmaydi. 
Faqatgina uning turgan holatiga qarab yorug’ va orqa fondagi soyalar chegarasi 
bor xolos.  
Bugungi kun tadqiqot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, bo’lajak rassom 
pedagog yuqorida bayon etilgan qonung’qoidalarga yetarli darajada ega 
emaslar. Rassom-o’qituvchilar uchun zarur bo’lgan umumkasbiy bilim, malaka 
va ko’nikmalarga quyidagilar kiradi: umumpedagogik, badiiy-ijodiy, amaliy 
hamda badiiy-kompozitsion yechidan iborat. 
Tasviriy sanhatda umumpedagogik bilim va malakalar bo’lajak rassom-
o’qituvchining professional tayyorgarligida muhim o’rin tutib, ijodiy 
kompozitsiyani bajarish; tasvirlash asoslarini nazariyasini mustahkam 
(joylashtirish, qurish, shakl, hajm, umumlashtirish); amaliy to’g’ri tasvirlash; 
Nisbat, mutanosiblik, masshtablaridan to’g’ri foydalanish; Kompozitsiya, 
yorug’-soyalar qonun-qoidalarini bilish; Zamonaviy tasviriy 
san’atimkoniyatlarini bilish; turli tasviriy san’atoqim va yo’nalishlarini 
mohiyatini tushunish kabi tushunchalardan iboratdir. 
Uning badiiy - ijodiy bilim va malakalari tarkibini badiiylik mohiyati va 
uning vazifalari, tasviriy san’atda kompozitsiya tamoyillari asoslari va unga 
quyiladigan talablar, bosqichlari; turli tasvirlash materiallarining turlari va 
xususiyatlari, shakllarning tuzilishi va tasvirlashda oddiydan murakkabga 
tamoyildagi printsiplarga rioya qilish kabilar bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilarini 
kasbiy tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Yuqoridagi asoslar kelajak avlodga ijodkor, 
ilmiy jihatdan yetuk pedagog kadrlarni tayyorlashni maqsad qilib qo’ydi. Ushbu 
jihatlar bo’lajak rassom-o’qituvchining tasviriy san’atdan nazariy bilim va amaliy 
ko’nikmalarining quyidagi tuzilmasini shakllantirish uchun asos bo’ldi: 
1.1-rasm.


21 
Bo’lajak rassom-o’qituvchining tasviriy san’atdan nazariy bilim va amaliy 
ko’nikmalarining tuzilmasi 
 

Yuqoridagi rasmda bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchisining professional 


tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar bo’lib, unda keltirilgan sifatlar o’zaro 
chambarchas bog’langan jihatlardan iborat yaxlit tizimga ega. O’quv 
materiali talabalar tomonidan mustaqil o’zlashtirilishi uchun u savodli tarzda 
strukturalangan va tartiblangan bo’lishi kerak. Bu jarayonda ko’p narsa 
o’qituvchining nazariya va amaliyot borasida professionalizmiga bog’liq. Professor 
N.N.Rostovtsev yozadi: «Pedagogning xizmati ishlarning murakkab kompleksini 
alohida tarkibiy qismlarga mohirona va chuqur o’ylab ajratishi sanaladi»
1
1
Ростовцев Н.Н. Академический рисунок. Курс лекций. – М.: Просвещение, 1973, 131 бет. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling