Namangan davlat universiteti sharipjonov muhiddin shokirjon o’G’lining «oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari» mavzusidagi


Amaliy mashqlar bajarish sifatini oshirish tizimi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/42
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1466498
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
oliy pedagogik talimda tasviriy sanat darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari

Amaliy mashqlar bajarish sifatini oshirish tizimi 
АМАЛИЙ МАШҒУЛОТЛАР
ТИЗИМИ 
Таълим
берувчи 
профессор-
ўқитувчининг 
фаолияти 
Таълим олувчи 
(талаба)нинг
ижодий 
тайёргарлиги 
Амалий машғулотлар мазмуни 
Ўқитувчи ва талабанинг 
ижодий мулоқоти 
Амалий вазифаларни 
сифатли бажаришга асос 
бўлувчи воситалар: 
дарсликлар,
ўқув-услубий қўлланмалар, 
маъруза матнлари, маҳорат 
дарслари кўрсатилган 
дисклар 
ва интернет
материаллари 
НАТИЖА: 
Тасвирий санъатдан малака ва 
кўникмаларни шакллантириш 
талаба
Ўқув вазифаларини 
амалий бажаришда 
фаоллик кўрсатиш 
Амалий 
мағулотларни 
бажариш учун 
методик 
материалларини
ишлаб чиқиш 
Дастурда белгиланган 
вазифаларни бажарииш 
Амалий жиҳатдан 
вазифаларни бажаришга 
йўналтириш 


53 
Amaliy mashg’ulotlar ta’lim mazmuni ta’lim mazmuniga ko’ra ancha kengroq 
bo’ladi. U belgilangan bilim va malakani egallashida ta’lim oluvchining maqsad va 
vazifalarini aks ettiradi. 
Amaliy mashg’ulotlar ta’lim materiallari turli didaktik imkoniyatlarga ega, 
yahni: 
- ta’lim oluvchining bilim, o’quv va malakalari darajasini oshiradi 
(mustahkamlaydi); 
- o’rganilayotgan jarayonlar bilan bog’liq asosiy g’oyalar, tushunchalar, 
jarayonlarni faollashtiradi; 
- o’rganilayotgan materiallarni uzatadi
- ta’lim oluvchining bilimlar sig’imini kengaytiradi; 
- ta’lim oluvchining amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantiradi; 
- o’qituvchining ta’lim berishdagi faoliyatini va ta’lim oluvchining bilish 
faoliyatini boshqaradi; 
- yangi mustaqil ta’lim materiallarini yaratishga ijodiy yondoshishni 
rag’batlantiradi. 
Amaliy mashg’ulotlar vositasida ta’lim olish tizimida foydalaniladigan 
mustaqil ta’lim materiallari turli xil vazifalarni nazarda tutadi. Ular orasida axborot, 
bilish, o’quv, intellektual, rivojlantiruvchi, o’z-o’zini belgilash, boshqarish, 
motivatsion, nazorat, rag’batlantiruvchi, innovatsion va boshqa vazifalar mavjuddir. 
Amaliy mashg’ulotlar vositasida ta’lim olish jarayonida mustaqil ta’lim 
materiallari hamda ta’lim oluvchi va o’qituvchi muloqati yetakchi komponentlar 
hisoblanadi. Bu ikki komponentning o’zaro tahsir darajasi ochiq ta’lim modellarini 
tenglashtirishga yordam beradi. 
Bu faoliyat esa quyidagi hollarda samarali bo’ladi. Ta’lim oluvchi ta’limiy va 
o’quv materiallaridan mustaqil foydalana bilsa, yahni ularni ajratib, tahlil eta olsagina 
faoliyati samarali bo’ladi. Bunda ta’lim oluvchining quyidagi ko’nikmalari 
muhimdir: 
- ilmiy hujjatlar bilan ishlash, uning mazmunidagi o’ziga xoslikni ajrata bilishi, 
o’rganilayotgan hodisa va omillarni tasniflay bilishi; 


54 
- o’quv materialini tahlil etish, yetakchi g’oyalarni ajratib olish va ularni asoslab 
berish; 
- o’quv materialini tizimlarga solish, yetakchi komponentlarni ajratib olish, ular 
o’rtasidagi tasviriy bog’lanishlarni va ularning didaktik imkoniyatini aniqlash;
- amaliy mashg’ulotlar vositasida ta’lim materiallaridan foydalanish jarayonini, 
ularning to’ldirilishi va yaxshilanishini tartibga solish. 
Amaliyot ko’rsatadiki, ko’plab ta’lim oluvchilar tahsil jarayonida o’zlarining 
mustaqil ijodiy amaliy ishlarini xolis baholay olmaydilar. Bu baholashlar hamisha 
shaxsiy (subhektiv) xarakterga ega. Bu jarayonning xolisligini qay tarzda tahminlash 
borasida jiddiy muammo chiqadi. Bizning nazarimizda buning bitta yechimi bor. 
Ta’lim oluvchilarning amaliy ishlash ko’nikmasini baholash mezonlarini ishlab 
chiqish, belgilash, asoslab berish va undan foydalanishni ko’rsatish lozim. 
Belgilangan mezonlar dinamik va egiluvchan (o’zgaruvchan) xarakterga ega bo’ladi. 
Har bir ta’lim oluvchi o’zini o’zi baholashi va o’z faoliyatini to’g’rilashi yoki tashkil 
qilishga tayyorgarligiga muvofiq holda mezonlar tanlaydi. 
Ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim materiallari bilan mustaqil ishlash 
ko’nikmasini egallaganlik darajasini baholash mezonlari quyidagi ko’rinishda 
bo’ladi: 
- eng yuqori daraja – bular o’quv fani bo’yicha mahruza va amaliy 
mashg’ulotlarda uzatilgan o’quv axborotlarni o’zlashtirgan, bu axborotlar sig’imini 
mustahkamlash va kengaytirishga moyil, ta’lim muassasasi axborot resurs markazida 
mavjud elektron darslik va adabiyotlardan xabardor, ulardan kerakli materiallarni ola 
biladigan hamda mustaqil ishlarni to’liq va to’g’ri bajara olish ko’nikmasiga egalik.
- yuqori daraja – o’quv fani bo’yicha mahruza va amaliy mashg’ulotlarda 
uzatilgan ilmiy axborotlarni mahruza matni va amaliy mashg’ulotlarda o’zlashtirgan, 
ammo ular sig’imini kengaytirish va mustahkamlashga bepisand, axborot resurs 
markazida mavjud adabiyotlardan xabardor, gohi-gohida bunga vaqt ajrata oladigan 
talabalar kiritildi. 
- o’rta darajada egallagan talabalarga mustaqil ta’lim materiallari bilan ishlash 
malakasiga qisman ega, yahni o’quv fani bo’yicha ta’lim muas-sasasi axborot resurs 


55 
markazida mavjud elektron adabiyotlar va audio, video va internet materiallaridan 
bexabar, mustaqil ishlarni bajarish bilim va malakasiga qisman ega talabalar kiritildi. 
Amaliy mashg’ulotlar materiallari – sifatli ta’lim olish tizimining asosiy 
bo’g’ini. Ularning to’laqonliligi va amaliyliligi ko’p jihatdan o’quv jarayoni 
samaradorligini belgilaydi. Bunday sharoitda amaliy mashg’ulotlar vositasida 
materiallari mazmunini doimiy ravishda boyitish muhimdir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling