Namangan davlat universiteti sharipjonov muhiddin shokirjon o’G’lining «oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari» mavzusidagi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1466498
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
oliy pedagogik talimda tasviriy sanat darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari

Natijalarning ehlon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni 
muallifning ilmiy to’plam va OAK tasarrufidagi jurnallarda nashr etildi, Respublika 
ilmiy-amaliy konferentsiyalarda yoritildi. SHuningdek, dissertatsiya materiallari 
bo’yicha tasviriy sanhatning asosi bo’lgan “Qalamtasvir” fanidan 110800 – tasviriy 
san’atva muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun ikkinchi 
kurs o’quv dasturida ko’rsatilgan “Antik davr gips bosh rasmini chizish” mashg’uloti 
bo’yicha o’quv-uslubiy tavsiya tayyorlandi (1 ilova). 


11 
I BOB. 
OLIY PEDAGOGIK TA’LIMDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI 
TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI 
1.1. Oliy pedagogik ta’limda bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilarining ijodiy 
qobiliyatlarini shakllantirish metodikasi 
Bo’lajak rassom – pedagogni o’qitish va tarbiyalash tizimi aniq va ilmiy 
asosda bo’lishi kerak. Bu yo’nalishda dastlabki ta’lim va tarbiya umumta’lim 
maktablari doirasida amalga oshiriladi. Maktab - deganda, eng avval ta’lim va 
tarbiyaning aniq tizimini, bu tizimga hamda dars o’tish metodlariga o’quvchilarning 
ixtiyoriy ravishda buysunishini, ilmiy asoslangan bilimlarni o’zlashtirishda jiddiylik, 
aniqlik va badiiy ijodning amaliyotda sinalgan tajribalarini o’rganishni nazarda 
tutamiz.
O’tmishda ijod etib o’tgan buyuk tasviriy san’attarixida ijodkorlar tasviriy 
sanhatdagi faoliyatida erishgan tajribalari badiiy maktablarda o’rganiladigan asosiy 
predmet hisoblanadi. Bu sanhatni o’rganib olishni xohlovchi, bu san’atdargohiga endi 
kirib kelayotgan rassom eng avval ilgari ijod qilgan rassomlar asarlarini o’rganib 
chiqishi va olgan bilimlari hamda ko’nikmalari asosida o’z shaxsiy ijodiy qobiliyatini 
rivojlantirishi kerak. 
Yosh rassomlarga ta’lim berishda o’qituvchi tomonidan ilgarigi tajribalar 
o’rganila borib, predmetning shakli va mazmunini to’g’ri ifoda etish uchun yordam 
beruvchi yangiliklar kiritib boriladi. Biroq, maktab o’quv maskani sifatida, 
o’quvchilar oldiga faqatgina, yangilik izlash, faqatgina ijodiy masalalarni hal etish 
vazifalarini qo’ymaydi, balki o’quv muassasasining asosiy masalasi o’quv tizimi 
talablarini hal etish bo’lib qoladi. 
Har qanday o’quv predmetining rivojlanishi o’z- o’zidan boshlanmaydi. XVII 
asrning akademik tasviriy asar yaratishning nazariy qoidalari Uyg’onish davri 
rassomlarining talqinlaridayoq ifoda etila boshlangan. XVIII asrda yuzaga kelgan 
akademik o’qitish nazariyasi mahlum o’zgartirishlar kiritilib, endi badiiy amaliyot 
yangi sharoitlarida amalga oshirildi. XIX asrda akademik rasm nazariyoti va 


12 
amaliyotida o’quv masalalarini kompleks hal etish bo’yicha faol izlanishlar 
boshlandi. 
Badiiy maktab akademik yo’nalishida o’quvchilarni faqatgina bilim va 
ko’nikmalar bilangina qurollantirish emas, balki ijodiy faoliyatga ham ishtirok 
ettirish ko’zda tutiladi.
Bahzi bir boshlovchi rassomlar qonun, qoidalarga amal qilmaydilar va maktab 
o’zining anhanaviy ko’rsatmalari bilan ularning individualligi rivojlanishiga halaqit 
beradi, deb o’ylab darhol murakkab ijodiy masalalarni hal etishga urinadilar. Maktab 
o’quv muasasasi sifatida o’zining dars o’tish ilmiy usullari bilan ijodiy qobiliyatlar 
rivojlanishiga hech qachon halaqit qilmagan, aksincha, u yosh rassomlar rivojlanishi, 
ta’lim olishi va shakllanishiga yordam bergan. Tasviriy sanhatning hamma turlari 
uchun asosiy asos bo’lgan rasmlarni chizishni o’rganib olishda maktab ayniqsa, zarur 
hisoblanadi. SHuning uchun hech kim maktabni o’z usullari bilan o’zboshimchalik 
qilib, rassomlar studiyasiga aylantirishga haqqi yo’q. Maktabga qarshi bo’lganlar - 
odatda yosh, boshlovchi rassomlar orasida bahzan shunday ishtedod egalari 
uchraydiki, maktab ularni rivojlanishiga halaqit beradi, havoskor rassomlar 
ko’rgazmalarida juda ham mazmunli asarlar uchraydi, ularga rassomlar maktabda 
o’qimay ham erishganlar, deydilar. Bunday tanqidlarga javob qaytarib Buyuk rasom 
va nazariyotchi I.E.Repin shunday yozgan: «Men o’zim ham yangi usulda ko’plab 
yangiliklarni ko’rib turibman, lekin maktab bo’lishi kerak – axir diletantlikni 
(havaskorlikni) maktab printsipi qilish mumkin emas-ku». 
Ta’lim psixologiya va pedagogikasi ijodiy qobiliyatlar va ijodiy faollik 
rivojlanishi ta’lim jarayonida katta natijalar berishi mumkin deb, hisoblaydi. Demak, 
ta’lim jarayoni, ta’lim faoliyati maktabning diqqat markazida bo’lishi kerak. 
Bo’lajak rassom-o’qituvchilarni kasbiy tayyorlash tasviriy sanhatning nazariy qonun qoidalarini o’rganish asosida takomillashadi. U 
quyidagilardan iborat:

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling