Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


Bilimni mustaҳkamlash uchun savollar


Download 0.65 Mb.
bet32/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

Bilimni mustaҳkamlash uchun savollar.



  1. Uy vazifalarni qanday xillarga bo’lish mumkin?

  2. Uy vazifalari berishda o’qituvchi nimalarga ehtibor berishi kerak.

  3. Darslik bo’yicha uy vazifalarida nimalarga ehtibor berish kerak?

  4. Uyda bajariladigan amaliy ishlar qanday bo’ladi?


Ekskursiyalar.

Reja:


  1. Ekskursiyaga tahrif berish.

  2. Biologik ekskursiyalarning bilim orttirishdagi roli.

  3. Biologik ekskursiyalarning tarbiyaviy aҳamiyati.

  4. Ekskursiya turlari.

  5. Ekskursiyaga tayyorgarlik.

  6. Ekskursiyaning o’tkazish usullari.

  7. Ekskursiya materiallarini ishlash va undan foydalanish.

Tayanch so’zlar.
Ekskursiya turlari, ekskursiyaning tahlim va tarbiyaviy aҳamiyati. Ekskursiyaga tayyorgarlik. Ekskursiya o’tkazish usuli.
Ekskursiya lotincha «Excursio» - «sayr etish» degan so’zdan olingan bo’lib, vistavka, korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr mahnosi tushuniladi. Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf yoki o’quvchilar gru’’asi bilan olib boriladigan tahlim-tarbiyaning bir formasi bo’lib, «o’rganilayotgan buyum va ҳodisalarni joyiga borib, tabiiy ҳolatida yoki sunhiy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya» deyiladi.
Oddiy qilib aytganda – ochiq ҳavoda dars o’tishga aytiladi. Biologik ekskursiyalar sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish obhektlarida va boshqa joylarda (botanika bog’i, zoovistavka, muzey, ilmiy-tadqiqot muassasalari kabilarda) o’tkaziladigan o’quv xarakteridagi mashg’ulotdir.
Ekskursiyalar asosan baҳorda va kuzda botanika, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida o’tkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini o’rganish va mustaҳkamlashga bag’ishlanadi.
Ular maktab dasturida ko’rsatilgan va o’quvchilar uchun majburiydir.
Tirik tabiat obhektlarini va xodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda o’rganish imkoniyatini beradi. O’quvchilar o’rganilayotgan o’simlik va ҳayvonni ularning yashash sharoitida ko’radilar. Organizm tuzilishi va ҳayot faoliyatining yashash muҳitiga moslanuvchanligini yaqqol ‘ayqab oladilar. O’quvchilarning bilimini kengaytiradi va mustaҳkamlaydi. O’quvchilar o’simliklar va ҳayvonlarni tabiiy muҳitda o’simliklarni tu’roqqa, ҳayvonlarni esa, o’simliklarga bog’liq ҳolda ko’radilar va o’quvchilarning tabiatni o’rganishda bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish, tajriba stantsiyalari, mevazor, ko’chatzor kabi joylarga uyushtirilgan ekskursiyalar o’quvchilarda ishlab chiqarishning turli soҳalariga nisbatan zo’r qiziqish uyg’otadi.
Biologik ekskursiya jarayonida o’quvchilar biologik bilimlarning amalda qanday qo’llanilayotganligini bilib oladilar. Bunday ekskursiyalar o’quvchilarning kasb tanlashlarida ҳam ijobiy tahsir ko’rsatadi.
Quyidagi ekskursiyaning tarbiyaviy aҳamiyati.
Ekskursiya ҳam tarbiyaviy aҳamiyatlarga egadir:
1.O’quvchilarda ongli intizom;
2.O’rtoqlik va do’stlik;
3.Tashabbuskorlik va ҳavaskorlik xislatlari tarbiyalanadi.
4.Ekskursiyalar o’qituvchini o’kuvchilar bilan yaqinlashtiradi, unga o’z o’quvchilarini yaxshiroq bilib olish, (sinf sharoitida namoyon bo’lmagan o’kuvchi xususiyatlarini aniqlash) imkoniyatini beradi.
5.O’quvchilarda tetik va sog’lom tuyg’ularni vujudga keltiradi bu esa o’rganilayotgan o’quv materialining oson va ‘uxta o’zlashtirib olishini tahminlaydi.
6. Ekskursiyalarda o’quvchilar estetik xarakterdagi tuyg’ularni xis qiladilar.
7.Tabiat go’zalligini bevosita xis qilish shu tabiatga, Vatanga nisbatan muҳabbat tuyg’ularini uyg’otadi.

  1. Ekskursiya davomida kelgusi dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish uchun ҳar xil tabiiy materiallar: o’simlik va ҳayvonlar, ularning ayrim qismlari (urug’, ildiz, barg, ildizmeva, ildiz’oya, tugunak, ‘oya, mollyuska chig’anoqlari, qush ‘atlari, ҳayvon suyaklari) yig’iladi.

  2. O’quvchilar tirik va tabiiy obhektlarni yig’ish va rasmiylashtirish (gerbariylashtirish, kollektsiyalash, ‘re’aratlashtirish) ko’nikmalarini ҳosil qilib boradilar.




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling