Namangan davlat universiteti «tasdiqlayman»
Fanning maqsad va vazifalari
Download 78 Kb.
|
BO\'M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
- Fan bo‘yicha talabalar bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning maqsad- talabalarda biologiya o‘qitish metodikasi fanini bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini amalga oshirish, biologiyani o‘qitish samaradorligini oshirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar bilan tanishtirish ko‘nikma va malakalarni shakillantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar, o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy masalalari, rivojlanish tarixi va asosiy muammolari, ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish, biologiya darslari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va o‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘llarini orgatishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalar bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar Biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: Vatanimizda va jahonning rivojlangan mamlakatlarida tabiyotshunoslikni o‘qitish metodikasining rivojlanish bosqichlari va yo‘nalishi, hozirgi zamon uzluksiz ta’lim tizimida biologiya o‘quv fanining mazmuni, biologik ta’lim tizimining asosiy printsiplari, asosiy biologik g‘oyalar, tushunchalar, nazariyalar, qonuniyatlar; Biologiya DTS mazmuni o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar, ularni o‘qitish jarayonida amalga oshirish yo‘llari; biologiyani o‘qitishning metodlari va usullari; biologiyadan o‘quv ishlarini tashkil etish shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va didaktik maqsadlari; biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan ko‘rgazma va didaktik materiallar, o‘quvchilarning kuzatish va tajriba qo‘yish ishlarining mazmuni, ko‘nikma va malakalari; biologiya o‘quv xonasi, tirik tabiat burchagini tashkil etish va jihozlash, maktab tajriba maydoni va ularda olib boriladigan o‘quv ishlarining mazmuni va mohiyatini bilishi kerak. Talaba: - uzluksiz ta’lim tizimi-turlaridagi biologik ta’lim DTS, dasturi, darsliklarini tahlil qilish; o‘quv ishlarini rejalashtirish; biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan metodlar va ularning tarkibiga kiradigan usullarni bilishi, ko‘rgazmali va didaktik tarqatma materiallardan, o‘z o‘rnida va samarali foydalanish yo‘llarini egallagan bo‘lish; zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars ishlanmalarini loyihalash va o‘tkazish; biologiyadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar stsenariylarini loyihalash va o‘tkazish yo‘llarini belgilash; o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. - o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning samarali yo‘llarini qo‘llash, reyting tizimini amalga oshirish; - biologiyadan o‘quvchilar bilan olib boriladigan darsdan tashqari shlar va mustaqil ta’limni tashkil etish yo‘llari; - biologik ekskursiyalarni tashkil etish va stsenariylarini tayyorlash; - ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish va amaliyotga qo‘llash; - biologiya o‘quv xonasi, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba maydonida o‘quvchilarning kuzatish va tajribalarini qo‘yish bo‘yicha ishlarini tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi kerak; Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling